209
Xulosalar
Taqriz qilinayotgan ish janriga muvofiq shakllantiriladi.
Ishning ahamiyati, ushbu muammo bo‘yicha mavjud boshqa
ishlar qatoridagi o‘rni, amaliy ahamiyati, tadqiqot davomida
olingan natijalarning qo‘llanilishi qayd etiladi.
Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:
1. Tezis (umumiyholati) va uni ochib berish.
2. Kitob (film, teatr, maqola)ning baholanishi.
Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Kitob (film, teatr, maqola)da … hikoya qilinadi.
Kitob (film, teatr, maqola)da … muammolar ko‘tariladi.
Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:
Men … hisoblayman.
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda…
… menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg’otdi.
Kitob (film, teatr, maqola) …o‘rgatadi.