213
3-topshiriq.
Quyidagi klishelar yordamida gaplar tuzing.
Men … hisoblayman.
Mening fikrimcha…
Mening nazarimda…
… menga yoqdi.
… menda katta taassurot uyg’otdi.
Kitob (film, teatr, maqola) …o‘rgatadi.
4-topshiriq.
Uyali radiotelefon aloqa tizimlari
1991- yilda uyali radiotelefon aloqa tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish
bo‘yicha birinchi reklama e’lonlari paydo bo‘ldi. 2000 dollarga og‘irligi besh
kilogramm, unchalik katta bo‘lmagan chemodancha (abonent radiotelefoni) sotib
olish va yana shuncha pul tarmoqqa ulash uchun to‘lash taklif etildi. Hozir ana shu
taklifga talablar topilganiga ishonish qiyin,
negaki zamonaviy abonent
radiotelefonlari cho‘ntakka erkin joylashadi, og’irligi 200gr keladi, ularni narxi bir
necha yuz dollar atrofida, tarmoqqa ulash taxminan 100 dollar bo‘ladi, ba’zida esa
umuman tekin.
Radiotelefon aloqaning uyali tizimi unchalik katta bo‘lmagan ko‘p zonalarga
— uyalarga (sot—cell—mumkatak) bo‘lingan hududga xizmat ko‘rsatadi,
ularning har biriga o‘zining radiojihozlar komplekti xizmat ko‘rsatadi. Bu zonalar
214
shahar rejasida asalari uyasi yacheykalariga o‘xshash strukturani shakllantiradi,
ana shu narsadan bu turdagi radiotelefon aloqaning nomi kelib chiqqan.
Uyaning chegarasi radioaloqaning turg‘unlik zonasi bilan aniqlanadi va
qabul qiluvchi-uzatuvchi
radioqurilmaning quvvati, joy topologiyasi va tizim
ishining chastotali diapazoniga bog’liq bo‘ladi. Tizim ishining chastota polosasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, uyaning
radiusi shunchalik kichik, lekin signalning
devorlar orqali va boshqa to‘siqlardan o‘tish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‘ladi
va yana muhimi radioapparatura juda ixcham va katta miqdordagi abonentlik
radiokanallarini tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Zamonaviy uyali tizimlar 450,
800, 900 va 1800 MGc chastotalarda ishlaydi.
Uyali radiojihozlar komplekti o‘z ichiga retranslyator (qabul
qiluvchi-
uzatuvchi radioqurilma), bazaviy stanciya, radioantenna va shu uya bilan xizmat
ko‘rsatiladigan
abonentlarning
ixcham
radiotelefonlarini
oladi.
Abonent
radiotelefonlari soni uyada doimiy bo‘lmaydi, negaki abonentlar harakatda bo‘lib
ko‘chib yurishlarida bir uyadan boshqa uyaga o‘tadi.
Bunda uyalar orasidagi
chegarani kesib o‘tganda radiotelefon apparat boshqa uyaga avtomatik ravishda
o‘tadi (yaqin oradagi retranslyatorga ulanadi). Uyali aloqa abonenti o‘zini
qiziqtirgan hamsuhbat bilan so‘zlashish uchun o‘zining radiotelefoni klaviaturasida
mos telefon nomerini teradi va bazaviy stansiya vositasida hamsuhbat bilan
bog‘lanadi.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnni o‘qing. Ma’nosi bilan tanishing.
2. Undagi terminlarni ko‘chirib yozing va ma’nosini izohlang. Bu
atamalar qaysi uslubga xosligini aniqlang.
3. Respublikamizda qanday uyali aloqa kompaniyalari bor? Ular
haqida qanday ma’lumotga egasiz?
5-topshiriq.
Yuqoridagi matnga taqriz yozing.