202
Ilmiy taqrizlar
(ilmiy daraja olish uchun dissertatsiyalar,
magistrlik
dissertatsiyalari, monografiyalar, nashr uchun maqolalar va boshqa ilmiy ishlar
tahlili faqat malakali kadrlar bilan amalga oshiriladi).
Ilmiy taqriz namunasi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “O‘zbek va rus tillari”
kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili fanidan uslubiy
qo‘llanma”ga
T A Q R I Z
Ushbu qo‘llanma rus tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan
bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur
asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan
mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan
foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga
tashlanadi. Shuningdek, telekommunikatsiya, aloqa sohasi bilan bevosita bog’liq
matnlar ham o‘rin olgan.
Qo‘llanmada berilgan grammatik mavzular mashqlar va topshiriqlar bilan
mustahkamlanadi. Leksik matnlar turli mavzularda yoritilgan. Qo‘llanmadan o‘rin
olgan matnlar barchasi, bizningcha har tomonlama yondoshilgan holda
tanlangan. Ularni o‘qigan kishi nafaqat yangilik oladi, balki undan o‘ziga tegishli
xulosalar chiqarib, boshqacha fikrlay boshlaydi. Matnlarning ham ta’limiy, ham
tarbiyaviy ahamiyati borligini alohida qayd qilish lozim Talabalar uchun