196
ma’ruza matnlari bilan cheklanmasdan, shu fan sohalariga
oid multimediali yoki
animatsiyali o‘quv ko‘rsatuvlar va elektron darsliklar yaratish
tilshunoslik
sohalarini chuqurroq o‘rganish uchun aniq imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Bu esa talabalarning tilshunoslik fanlariga bo‘lgan ilmiy salohiyatini,
fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga katta yordam beradi. Shuning uchun “Tilning
kelib chiqishi”, “Tillarning genealogik tasnifi”, “Tillarning morfologik tasnifi”,
“Turkiy xalqlar va turkiy tillar” singari tilshunoslikka doir qator mavzularni pishiq-
puxta o‘rganib, ana shu mavzularni o‘tishga doir elektron yoki multimediali
darsliklar yaratish lozim bo‘ladi.
Tilshunoslik fanlarini o‘tish bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajriba va
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, tilshunoslik sohalariga doir yaratiladigan elektron
darsliklar sodda,
tushunarli va eng muhimi, ilmiy-ommabop xarakterda bo‘lishi
kerak. Shu o‘rinda kompyuter texnologiyasi yordamida izchil va muntazam
ravishda ishlangan elektron darsliklar tilshunoslik sohalari bo‘yicha talabalarning
bilim doirasini kengaytirishda yaxshi natija beradi. Ayniqsa talabalarimiz “Turkiy
filologiyaga kirish” fanidan “Turkiy tillarning tasnifi”, “Turkiy tillarning
Rossiyada o‘rganilishi”, “Moskva, Qozon, Peterburg turkiyshunoslik maktablari”,
“Turkiy tillarning Yevropada o‘rganilishi” kabi mavzularga oid bilim va
ko‘nikmalarni egallashda kafedrada shu fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik
materiallariga tez-tez murojaat qilmoqdalar.
Tilshunoslik bo‘yicha yaratilayotgan elektron va
multimediali darsliklarda
til birliklari (nutq tovushi, o‘zak, morfema, so‘z, so‘z birikmasi va gap kabi) ning
asosiy ko‘rinishlari obrazli qilib ekranga chiqarilishi, ularning mohiyat va
mazmuni muammoli bo‘lishi lozim. Tilshunoslikka oid har qanday elektron
darslikning asosiy maqsadi talabalarda lingvistik tushunchalarni shakllantirish va
to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, bizningcha, tilshunoslik
bo‘yicha ma’ruza darslarini o‘tish bilan birgalikda til bo‘yicha amaliyot darslarini
ko‘proq kompyuter texnologiyalari yordamida o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Chunki “Tillar tasnifi”, “Tillar va xalqlar” singari mavzular bo‘yicha amaliyot
darslarini o‘tish vaqtida Autocad, Fotoshop, Yexcel va boshqa dasturlar yordamida
197
tilshunoslik, tillarning sotsiolingvistik tasvifiga oid olingan yangi ma’lumotlarni
tahlil qilish va qayta yaratish imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin bo‘ladi.
Buning natijasida talabalar jahonda tillarning geografik tarqalishi, ayrim tillarning
ikki yoki undan ortiq mamlakatlar uchun rasmiy davlat tili (ingliz tili, nemis tili,
fransuz tili, ispan tili kabilar) va Kuba, Avstriya, Avstraliya, AQSh, Kanada kabi
mamlakatlarda boshqa xalqlarning tillari milliy til sifatida
xizmat qilayotganligi
kabi muhim ma’lumotlarni kompyuter orqali topib aniqlaydilar, shu asosda
jahonda slavyan, eron, roman, german, turkiy, oltoy tillarining tarqalishi, bu
tillarda gaplashuvchi aholi soni to‘g’risidagi ma’lumotlarni Excel dasturi orqali
diagramma shaklida yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Manba matnlarining asosiy ma’lumotlarini siqilgan shaklda taqdim
eting.
2. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.
3. Matndagi terminlarni aniqlang, ularni sohalari bo‘yicha guruhlarga
ajrating.