191
5- topshiriq
.
Quyidagi mavzular bo‘yicha loyiha rejasini tuzing.
«Elektron hukumat»
«Kelajakdagi universitet»
«Ekologiya va inson»
Nazorat savollari
1.
Doklad – bu ……
2.
Doklad tuzilishini tavsiflab bering.
3.
Dokladning asosiy qismiga nimalar kiradi?
4.
Ilmiy konferensiya nima?
5.
Ilmiy konferensiya turlari.
21- 22-mavzu. Tezislar. Tezis turlari.Tezislar yozish uslubi
Nazariy ma’lumot
Tezis – (
yunoncha “thesis”) qoida, isbot degan ma’noni
anglatadi. 1) keng ma’noda – bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan
har
qanday fikr; 2) tor ma’noda – asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni
talab
etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza, ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini
qisqacha aks ettirish.
Tezis
yozishda manbaning asosiy qoidalari yoki
eng muhim fikrlari ajratib
olinadi. Tezis, odatda, ilmiy maqolalar, ma’ruzalarning qisqacha,
siqiq
mazmunidir. U yozilishi jihatidan tezisli konspekt bilan mos keladi. Tezisda
muallif maqoladagi fikrlarni aynan keltirish bilan birga, ko‘pincha o‘z
munosabatini ham bildiradi. Tezisning hajmi eng ko‘p deganda 1-4
varaqdan
oshmaydi. Lekin bu qat’iy chegara emas. Ba’zi ilmiy-tadqiqot masalalariga
bag‘ishlangan ma’ruzalarning tezisi kattaroq hajmda ham bo‘lishi mumkin.