188
Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq.
Masofaviy ta’lim va uning kelajagi
Rivojlangan davlatlar amaliyotida masofaviy ta’lim (MT) turli xil modellar,
metodlar va texnologiyalarni o‘z ichiga olib, unda pedagog va o‘quvchi ma’lum
masofa bilan chegaralangan bo‘lib, turli joylarda (hududlar;
shaharlar va hattoki
mamlakatlar) orasida olib boriladi. Bu holda talaba va pedagog orasidagi o‘zaro
aloqa turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi.
— odatdagi pochta va aloqa yordamida uzatiladigan pechatli va yozma
materiallar;
— telefon tarmoqlari;
— audio va video yozmalar, o‘quv radiosi va televideniyesi;
— interaktiv dasturli o‘qitish vositalari;
— kompyuterli o‘rgatuvchi dasturlar;
— lokal va global kompyuter tarmoqlari;
Tabiiyki, u yoki bu o‘zaro aloqaning o‘ziga xos xususiyatlari pedagog bilan
tinglovchi orasidagi mavjud holatlar o‘qitish metodikasi
va taktikasi hamda
strategiyasi bilan ajralib turadi.
Hozirgi vaqtda MT ning pedagogik va tashkiliy asoslari telekommunikatsion
servislar: elektron pochta, mavzuga bog‘liq jo‘natmalar, elektron jurnallar, USENT
konferensiyalar, ICQ, veb—konferensiyalar, e’lon doskalari va boshqalar. Hozirgi
paytda turli xil servislar orasida MT ning eng samaralisi bo‘lib, elektron pochta
hisoblanadi.