190
4- topshiriq
.
Kompyuter lingvistikasi
“Kompyuter lingvistikasi” fani tabiiy tillarning
matematik modellarini
qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlarini ishlab
chiqishga yo‘naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani oldida turgan asosiy
masalalar esa umumiy tilshunoslikning formal va aksiomatik modellarni qurish va
konkret tillarning matematik modellarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu
modellar asosida matnlarni tahrirlash,
kompyuter tarjimasi, kompyuter lug‘atlari,
ona tili va chet tillarga o‘rgatish hamda bilimlarni baholash bo‘yicha kompyuter
dasturlarini yaratish mumkin bo‘ladi.
Til qoidalarining matematik modeli matematik mantiqning formal va
aksiomatik nazariyalari asosida quriladi. Shuning uchun bu fan matematik mantiq
asoslarini bayon qilish bilan boshlanadi. Bu yerda mulohazalarni hisob-kitob
qilishning usullari hamda ularning formal va aksiomatik
nazariyalari bayon
qilinadi. Keyin o‘zbek tilining formal va aksiomatik modellari beriladi hamda
lingvistik masalalarning matematik algoritmlari va kompyuter dasturlari keltiriladi.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Matnni o‘qing. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
2. Matn ma’lumotlarini asosiy va ikkinchi darajali qismlarga bo‘ling.