• Taqriz turlari Badiiy taqriz (yozuvchi yoki havaskorlar tomonidan yozilgan badiiy matn tahlili). Teatrlar taqrizi
  • Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet113/150
    Sana09.10.2024
    Hajmi7,1 Mb.
    #274172
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150
    Bog'liq
    Akademik yozuv o\'quv qo\'llanma

    Taqriz turlari 
    Badiiy taqriz
    (yozuvchi yoki 
    havaskorlar 
    tomonidan 
    yozilgan badiiy 
    matn tahlili).
    Teatrlar 
    taqrizi 
    (spektakl 
    tahlili).
    Kompyuter 
    dasturlari va 
    o‘yinlariga 
    berilgan taqriz 
    (bu turi juda 
    ommalashib 
    bormoqda).
    Multfilmlarga 
    taqriz
    .
    Ilmiy taqrizlar 
    (ilmiy 
    daraja, magistr 
    dissertatsiyalari, 
    monografiya, maqolalar va 
    boshqa ilmiy ishlar tahlili). 


    203 
    mo‘ljallangan qo‘llanma ta’lim olishda, qo‘shimcha shug’ullanishda talablarga 
    bemalol javob beradi. Uni nashr qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. 
    Xulosa qilib aytish mumkinki, qo‘llanma hozirgi talablarga to‘la javob 
    beradi va o‘zbek tili mashg’ulotlarida qo‘llanilishi mumkin. 
    O‘zDJTU dotsenti,p.f.n. M.X. Axmedova
     
    Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
    1-topshiriq.
    Til va nutq 
    Biz o‘z nutqimizda SO‘Z (so‘zlash), GAP (gapirish), TIL va NUTQ 
    atamalarini ko‘p qollaymiz, ba’zan ular orasidagi farqni sinchiklab ham 
    o‘tirmaymiz. Ular vositasida bilganlarimizni, ko‘rganlarimizni, mashq va 
    mashg’ulotlarimizning borishi-yu natijalarini, atrofdagilarga, ayniqsa, oila 
    a’zolariga munosabatlarimizni ifoda yetamiz. Til ham, fikr ham hayotning 
    ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinishidir. 
    Lekin lingvistik nuqtai nazardan til va nutq farqlanadi. Jumladan, tilni xalq 
    yaratadi, umumxalq bahosi va xususiyatiga yega bo‘ladi; nutq yesa shaxsiy boylik 
    sanaladi. Har kim o‘z qobilyati, so‘z boyligi, savodi hamda so‘zlash a’zolariga 
    qarab gap tuzadi. 
    Til – aloqa quroli, u vosita. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga 
    oshirishga xizmat qiladi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. 
    Nutqning umri esa qisqa bo‘ladi. Og’zidan so‘z yo gap chiqdimi – uchadi ketadi. 
    Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug’ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang 


    204 
    ham, o‘ylab gapir. A. Navoiy aytganidek, so‘zingni buyuk etsang, o‘zinga 
    buyuklik keltirasan. 
    Tilnig xizmati doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq 
    hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog), juft shaxs orasida(dialog) yuz 
    beradi. Nutq she’r, hikoya, roman, qissa kabi ko‘rinishlarda turli janrlarga 
    bo‘linadi. Nutq yozma va og‘zaki bo‘ladi. 
    Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi 
    va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari 
    faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi, qo‘shimchalar turli fonetik 
    hodisalarga uchraydi. Nutq hajmi so‘zlovchilarga saviyasiga, uslubga, o‘rin va 
    joyga qarab, turli shakl va hajmlarda bo‘ladi. 
    Nutq oldiga qo‘yilgan talablar (tovush tanlash, so‘z topish) uning 
    mohiyatidan, tildek “ajab” mo‘jiza dahosidan, uning ijtimoiy kuch-qudratidan 
    kelib chiqadi. Chinakam go‘zallik, deydi A.Gorkiy, so‘zlarning aniqligi, 
    ravshanligi va ohangdorligi bilan yuzaga keladi. 
    So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol 
    – hol, yod-yot, sof-sop, sher-she’r va b.), so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar 
    vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda 
    yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay “g‘o‘za teriladi”, “paxta gulladi” 
    deyish xatodir. 
    Aniqlik, to‘g‘rilik, ravonlik, soddalik, tozalik, joziba (ta’sirli so‘zlash) kuchi 
    har qanday nutqning eng muhim belgilaridir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish 
    (g‘ishtin polli, kibernetikaviy…), (dadam va onam keldi…); so‘zlarni to‘g‘ri 
    bog‘lash (qaror yozildi – qarorni emas), takror (turgan joyida turib qoldi…) va 
    keraksiz ifodadan qochish, qo‘shma gapni meyori bilan tuzish, chet so‘zlarni 
    zo‘raki – ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz va nursiz qiladi. 
    Matn yuzasidan topshiriqlar: 
    1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing. 
    2. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering. 
    3. Matnga taqriz yozing. 


    205 

    Download 7,1 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   150




    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gayubova komila anvarovna yulanova nargiza davlatovna akademik yozuv

    Download 7,1 Mb.
    Pdf ko'rish