198
Kim?
xabar yetkazadi
Kimga?
Kim? qabul qiladi
Kimdan?
Qachon? yig’ilishi bo‘ladi (o‘tkaziladi)
Nima?
Kim?
qatnashishi shart (tayyorgarlik ko‘rishi)
Nima uchun?
4-topshiriq.
EDISON TOMAS ALVA
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa,
kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi.
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib,
yozuv stoli ustiga mo‘’jazgina apparatni qo‘ydi:
— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi?
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi,
apparatdan yoqimli bolalar qo‘shig’i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga
tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik
sehrgar»ning yangi g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi.
Ixtirochining Nyu-York
(AQSh) yaqinidagi — Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib
kela boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta eshittirish uchun Edison ixtiro
etgan apparat yaratilgan davrda insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali
hech kimning xayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar,
199
patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. Tovushni
yozib olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877-yilda sodir
bo‘lgan edi.
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa,
kimyo va fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya
qolmas, balki kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat
qilardi. Tajriba o‘tkazish uchun mablag‘
kerak edi, shu boisdan yosh Edison
poyezdlarda gazeta sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida
laboratoriya jihozlab, u yerda tajribalar o‘tkazdi.
Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha
bo‘sh vaqtini va pulini asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun
sarfladi. Tez orada Edison AQSh Kongressidagi
ovozlarning avtomatik
hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi.
Ikkinchi ixtiro muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini
uzoqqa uzatishga mo‘ljallangan telegraf apparati edi. Edison bu apparat uchun
katta pul oldi. Tez orada u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya
tashkil etdi va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi.
Edison
rus
ixtirochisi
A.N.Lodiginning
cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi,
unga patron
o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya
hisoblagichni, o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib
ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning eng
kuchli generatorlarini yasadi.
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita
yoki hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi. Edison telefonni ham
takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga
erishdi. Edison qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni
qurdi, ishqorli
akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab
chiqdi.
200
Edison1882-yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr
stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni
elektrlashtirish tajribalarini oxiriga yetkazdi.
Edison AQSh va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini
ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va
sotish, cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha
ulkan savdo
operatsiyalarini amalga oshirdi. 1887-yildan umrining oxirigacha Edison Uest-
Oranj shahrida yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi. Edison temir yo‘l
tormozi hamda kinetoskopni ixtiro qildi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga
olish kamerasini takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab
chiqarish usullarini ishlab chiqdi. Tomas Edison
jahonga Amerikaning buyuk
elektrotexnigi, ixtirochisi, shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari
va kompaniyalari asoschisi sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat
mulkiga aylangan.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
2. 5-6 ta sodda gaplarni ko‘chiring, ularni qo‘shma gapga aylantiring.
3. Matnga tayangan holda jadvalni to‘ldiring.