I BOB. AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING HOZIRGI KUNDAGI
O’RNI, QO’LLANILISHI VA KELAJAKDAGI
ISTIQBOLLARI
1.1.
Ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llashning umumiy holati
XXI-asrning xarakterli belgilari to‘g‘risida gapirilganda “Axborot asri”,
“Axborotlashgan jamiyat” kabi atamalar ayniqsa tez-tez ishlatilmoqda.
Axborotlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis olimlarning fikriga
ko‘ra dunyo hamjamiyatchiligi axborotlashgan jamiyat shakllanishining dastlabki
bosqichida turibdi va bunday shakllanish jarayoni jadal sur’atlar bilan o‘sib
bormoqda.
Axborotlashgan jamiyatda endi hal qiluvchi rolni axborot va ilmiy bilimlar
o‘ynaydi. Shuning uchun odamlarni shakllanib kelayotgan, ijtimoiy nuqtai
nazardan o‘ziga xos sharoit va muhitda, unga monand holda yashashga tayyorlash
masala va muammolarini hozirdanoq hal qila borish taqozo etiladi.
Dunyo hamjamiyatchiligini axborot asriga kirib kelishida ta’limning oldidagi
asosiy vazifalardan biri keng o‘quvchilar ommasini axborot bilan ishlash
madaniyatini o‘stirish va shakllantrishdan iborat bo‘ladi.
Axborot madaniyati
– bu kishining kundalik hayoti va faoliyatida axborot
texnologiyalarining barcha turlaridan tegishlicha foydalana olish ko‘nikma va
malakasidir. Binobarin ta’lim oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot bilan
ishlash madaniyatini o‘stirish va shakllantirib borishdek dolzarb vazifa turadi. Bu
o‘rinda o‘qituvchi toboro maslahatchiga, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchiga, o‘quv
jarayonini boshqaruvchisiga aylana borishi, shuningdek uning axborot egasi va
tarqatuvchisi sifatidagi funksiyalari endi yangi axborot texnologiyalari zimmasiga
yuklana borishi munosabati bilan asosiy masala, bilimlar va axborot olamiga
kirish, bu olamning resurslaridan qanday qilib foydalanish va ularni o‘zlashtirish
masalasi bo‘lib qoladi.
Juda katta axborot ummonida umumiy navigatsiya qoidalarini o‘qitish,
xususan barcha o‘quv fanlari kesimida axborot bilan ishlashni o‘rgatish zarurati
ta’limda birinchi o‘ringa chiqishi kutilmoqda. Binobarin ta’lim tizimida olib
8
borilayotgan juda katta ko‘lamdagi kompyuterlashtirish ishlaridan asosiy maqsad
ta’lim muassasalarini kompyuterlashtirishgina emas, balki kompyuterlashtirish
orqali ta’limni axborotlashtirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta’limni axborotlashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlar,
loyihalar, tashkiliy-pedagogik ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, oliy
pedagogik ta’lim o‘quv rejalariga barcha mutaxassisliklar uchun umumiy bo‘lgan
«Informaktika va axborot texnologiyalar” kursi kiritilgan. Shunga o‘xshash
o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tayanch o‘quv rejasidan
ham “Axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish” qisqa kursi o‘rin olgan.
Albatta, bunday kurslarni o‘quv rejalariga kiritilishi dolzarb va zarur bo‘lib u
informatika va axborot texnologiyalarini o‘ta tez sur’atlar bilan rivojlanishi va
ularni ijtimoiy hayotimizning deyarli barcha sohalariga jadal kirib kelishi bilan,
qisqasi davr taqozosi bilan izohlanadi.
Shu bilan bir qatorda oliy ta’lim o‘quv rejalarida barcha mutaxassisliklar
uchun umumiy bo‘lgan “Pedagogik texnologiyalar” kursi hamda mutaxassisliklar
kesimida “Fanni o‘qitish metodikasi” kurslari, o‘qituvchilarni malakasini oshirish
tizimida esa “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni amalda qo‘llash” hamda
“Fanning nazariyasi va o‘qitish metodikasi” kurslari joriy etilgan.
Yuqorida, ta’limni kompyuterlashtirish yo‘nalishida qo‘yilgan asosiy masala
bo‘yicha ta’limni amalga oshirish uchun oliy pedagogik ta’limda, undagi qayd
etilgan joriy fanlarni sintezi sifatida, mutaxassisliklar kesimida “Fanni o‘qitishda
axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” kursini, o‘qituvchilarni
malakasini oshirish tizimida ham shunday nomdagi tegishli kursni kiritish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bu borada, ya’ni ta’limda axborot texnologiyalarni qo‘llab o‘qitishda yuqori
samaraga erishilayotganini ko‘rsatuvchi bir qator ilmiy izlanish va pedagogik
eksperimentlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Aytish joizki, bu izlanish va
eksperimentlar epizodik, uzuq-yuluq xarakterga ega. Hozirgi kunda (har holda
mamlakatimiz pedagogika fanida) umumiy o‘rta ta’limning biror o‘quv fanini
to‘liq ravishda yoki uning qaysi qismini ATdan foydalanib o‘tsa qanday samara
9
berishini, yoki ATni qo‘llashning pedagogik tamoyillarini, uning psixologik
xususiyatlarini, uning bilish jarayoniga ta’sir qilish mexanizmi va omillarini,
shuningdek yana boshqa ko‘p jihatlarini kompleks tadqiq qilish dolzarb bo‘lib
bormoqda.
Yuqorida izohlab o‘tilgan muammo va masalalar yuzasidan keng ilmiy va
pedagogik jamoatchilik tomonidan turli anjuman va yig‘ilishlarda bildirilgan fikr
va mulohazalarni umumlashtirib, shuningdek 2004-2009 yillarda maktab ta’limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida Respublika maktablariga
o‘rnatilgan va o‘rnatilayotgan kompyuter sinflaridan samarali foydalanish bo‘yicha
rejalashtirilayotgan loyihalar g‘oyalaridan kelib chiqib shunday hulosa qilish
mumkinki, umumiy o‘rta ta’limning va tegishli ravishda oliy pedagogik ta’limning
Davlat ta’lim stanlartlari va o‘quv dasturlari umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarini
o‘qitishda ATni samarali qo‘llash ma’nosida qayta qarab chiqilishi ehtimoldan
uzoq emas.
Bu yerda keltirilgan fikrlarni yakunlab ta’kidlash mumkinki, ta’limda ATni
izchil, sistemali va keng ko‘lamda qo‘llash masalasi va shu o‘rinda ATning bu
yo‘nalishdagi cheksiz imkoniyatlari va qirralarini o‘rganish va ta’lim jarayonida
ulardan foydalanish mexanizmi, usul va uslublarini tadqiq qilish shu kunning
dolzarb masalasi hisoblanadi. Bunday izlanishlar va ularning natijalari ayniqsa
yangi axborot texnologiyalariga asoslangan masofaviy ta’limning ruhiga mos
keladi va uni ro‘yobga chiqarishning qudratli mexanizmiga aylanadi.
Ta’kidlash kerakki, yuqorida qayd etilgan kontseptsiya, loyihalar va XTVning
6/5 sonli buyrug‘i bilan belgilangan chora-tadbirlar bir-birlari bilan uzviy
bog‘langan. Shuningdek ular Xalq ta’limi tizimida ta’lim jarayoniga ATni qo‘llash
va bu orqali ta’lim sifatini oshirishdek maqsadni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan
bo‘lib, ushbu maqsadni amalga oshirish yo‘lida ular bir-birlarini to‘ldirib boradi.
Bunday maqsad va uni amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda
masala o‘qituvchi shaxsiga, uning ta’limda yangi axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishdagi bilimi, malaka va ko‘nikmasiga bog‘liq.
Shunisi sir emaski, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 450 mingga yaqin
10
o‘qituvchilarning barchasi bo‘lmasada, lekin ularning aksariyat qismi yangi
axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha na bilimga, na
malaka va ko‘nikmaga ega. Birinchi galda, o‘qituvchilarni shu yo‘nalishda
tayyorlash ta’minlanmasa, Vazirlar Mahkamasining 200- sonli qarori talablarini
to‘laqonli bajarish, XTVning Kontseptsiyasida va qayd qilingan Loyihalardan
ko‘zlangan maqsad va natijalarga erishish qiyin. Shuning uchun ham Xalq ta’limi
vazirligi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan buyruqni qabul qilinishini va u bilan
tegishli DASTUR va CHORA-TADBIRLARNI belgilanishini o‘z vaqtida va ayni
muddao bo‘lgan hodisa deb hisoblash kerak.
Xalq ta’limi tizimida ta’limda ATni qo‘llash borasida olib borilayotgan
ishlarning qisqacha tahlilini ushbu Dasturni izohlashdan boshlaymiz. Dastur,
boshqaruv organlari xodimlari (Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman, shahar xalq
ta’limi bo‘limlari), maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim xodimlari hamda
maktab o‘quvchilarining yoppasiga kompyuter savodxonligiga erishish uchun bir
necha bosqichli ishlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari yordamida darsni ma'lum
didaktik shartlarni va an'anaviy didaktika va axborot texnologiyalari yordamida
to`ldirib turiladigan ilmiy-metodik holatlarni inobatga olgan holda loyihalash
kerak. Ularda eng muhimi muammoli makro- va mikro yondashuv yordamida
yecha oladigan tizimlilik shartidir.
Makrotahlilda loyihalashtirilayotgan darsni umumiy ta'limning bir qismi
sifatida ko`rish kerak. Uning maqsad va vazifalari aynan shundan kelib chiqqan
holda aniqlanadi, ya'ni birinchi o`ringa fanning asosiy vazifalari (asosan maktab
dasturidan kelib chiqqan holda) chiqadi.
Mikrotahlil esa loyihalashtirilayotgan darsni ta'lim jarayonining ko`plab
komponentalaridan (o`qituvchi, talaba, ta'lim axborot vositasi) va bu
komponentalarni bog`lovchi hilma-hillikdan tashkil topgan bir butundek qa'bul
qilishni talab qiladi (aynan shuning uchun darsni «rejalashtirish» emas,
«loyihalashtirish» deymiz). Shu bilan birga bu bog`liqliklar an'anaviy ta'limdagiga
nisbatan ancha murakkab ko`rinish oladi.
11
Shuni unutmaslik kerakki, dars o`zining maqsadi va didaktik tuzilishiga ko`ra
ta'limni tashkillashtirishning judayam harakatchan va egiluvchan turidir, u doimiy
rivojda bo`lib, tashqi (moddiy bazaning borligi, yangi vositalar) va ichki (ta'lim
jarayonining asosiy komponentalari holati) shartlardan kelib chiqqan holda
o`zgarib
turadi.
Shuning
uchun
rivojlanishni
inobatga
olgan
holda,
loyihalashtirilayotgan dars kengayish va yangilanish imkoniga ega bo`lishi kerak.
Axborotlilik prinsipining dolzarbligi bir nechta omillar bilan tushuntiriladi.
Axborotni qidirish, yig`ish, saqlash, qayta ishlash, o`zgartirish, taqsimlash va
foydalanish prinsiplarini, uni qonunlarini o`rganadigan o`rganadigan fan –
informatika
nuqtai-nazaridan
qaraydigan
bo`lsak,
ixtiyoriy
pedogogik
texnologiyani axborot texnologiyalariga o`xshatishimiz mumkin, chunki, unda
manbaa (pedagog), va axborot qa’bul qiluvchi (o`rganuvchi) bor. Ta’lim
jarayonida yangi axborot texnologiyalarining qo`llanilishi o`qituvchilarning yaqin
vaqtlargacha faqatgina axborotni o`quvchiga yetkazib berish qobiliyati bilan
o`lchangan baholash tizimini tubdan o`zgartirib yubordi. Bugunda o`qituvchining
ma’lumotliligi, uning faqatgina kommunikasion qobiliyatlari bilangina emas, balki
kompyuterni axborot manbaasi sifatidsa ishlata olish qobiliyati bilan ham
belgilanadi. Bu nuqtai nazardan o`qituvchining ta’lim elektron resurslari (TER)
sifati va ta’lim jarayonida qo`llashning samaradorligini baholashga qaratilgan
analitik, proyektiv va prognostik qobilliyatlarining shakllanganligi juda muhimdir.
TERda taqdim etilgan axborot ilmiyligi va taqdim etishga qulayligi, o`quvchining
o`rganishga qulayligi va hokazalar umumiy dedaktik prinsiplardan kelib chiqqan
holda baholanishi kerak.
Pedagogik jarayonning axborotlilik prinsiplari ichidan axborotni zichlashtirish
va va umumlashtirishni talab qiladigan generalizasiyalash prinsipiga alohida
e’tibor qaratish lozim. Ko`pincha TERlarda ikkinchi darajali ma’lumotning
ko`pligi asosiy mazmunning yo`qolishiga olib keladi. Shuning uchun darsga
tayyorgarlik jarayonida va TERni tahlil qilishda axborot ichidan birinchi
darajalilarini ajratib, o`quvchilar diqqatini asosiy qonun va tushunchalarga qaratish
kerak.
12
Bu prinsipni axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan
holda amalda qo`llash o`quvchining shaxsiy sifatlarini rivojlantirish, axborot-
kommunikasion sohada bilimlarini oshirish, turli axborot manbaalarining ustunlik
va kamchiliklarini solishtirish, uni izlash texnologiyalarini tanlashni o`rganish,
axborotni o`rganish va qayta ishlashda nihoyatdas dolzarbdir.
Individuallashtirish
prinsipi
shaxsiyatning
rivojlanishi
effektivligi
o`quvchilarning o`quv jarayonida faoliyatining individuallashtirilishiga to`g`ri
proporsionalligi qonuniyatiga asoslanadi. Ta’lim jarayonida axborot va
kommunikasion texnologiyalar asosida individuallashtirish birinchi navbatda
gipermatnli texnologiyalar yordamida taqdim etiladigan tizimlashtirilmagan erkin
ko`paytiriladigan bilimlarga asoslanadi. Axborotni taqdim etuvchi boshqa
texnologiyalardan farqli o`laroq, gipermatnli texnologiyalar axborotni odamning
o`rniga emas, odam bilan birga qayta ishlaydi. Uning qulayligi shundaki, o`quvchi
o`z imkoniyatlaridan, bilimidan, teyyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda
materialni tanlaydi yoki yaratadi. Bundan tashqari gipermatn faqatgina axborotni
emas, uni effektiv izlash mexanizmlarini ham o`z ichiga oladi.
Axborotni formalizasiyalash chuqurligi bo`yicha gipermatnli texnologiya
hujjatli va faktografik axborot tizimlari orasida turadi. Apparat hamda dasturiy
vositalarning rivoji tarkibiga turli hildagi axborotlatlarni oluvchi (matn, ovoz,
videotasvir) yangi – gipermedia tizimlarini yaratilishiga olib keldi.
Ggipermatnli texnologiyalar bilan yangi axborot texnologiyalariga asoslangan
yangi ma’lumotni olish metodlarini o`quvchilarning o`rganish faoliyatini
effektivroq tashkillashtirish yo`lida tashkillashtirish imkonini beradi. Bu esa
shubxasiz, o`quvchilarning ongida va aktivligida o`z aksini topadi.
Ko`p yillik pedogogik tajribalar shuni ko`rsatadiki, o`quvchilarning ijodkorlik
qobiliyati ularning o`z o`zini boshqarish imkoniyatlari va vositalarini ishlatishga
bog`liqdir. O`quvchilar ta’lim jarayonida tashqi yordamsiz bajara oladigan barcha
narsani ular o`zlari mustaqil bajarishlari kerak. Bu prinsip aytarli darajada
faqatgina axborot texnologiyalari ishlatilgan holda amalda qo`llaniladi.
13
Shunday qilib, o`rta maktabda yangi axborot texnologiyalarini (YAT)
qo`llagan holda o`quv jarayonini tashkillashtirish turlarining ko`pligiga qaramay,
dars o`qitishning asosiy shakli bo`lib qolmoqda.
Shunday qilib, YAT qo`llanilgan darsni loyihalash o`qituvchidan yuqori
darajadagi kasbiy bilimdomdonlikni talab qiladi. Aynan esa darsga tayyorgarlik
jarayonida axborot texnologiyalari, analitik, prognostik va loyihalashtish
qobiliyatlarini, bevosita dars jarayonida esa tashkiliy va mobilizatsion
qobiliyatlarni talab qiladi.
Dars maktabda o’quv jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi.
Aynan darsda o’quvchilar axborot jamiyatida yashash uchun zarur bo’lgan bilim
va malakalarni egallaydilar. Darsni axborot texnologiyalari va Internetdan
foydalangan holda tashkil qilish bugun maktab ta’limi tizimi rivojlanishining
strategik yo’nalishidir. Bu o’qituvchidan yuqori darajadagi kasbiy mahorat, ya’ni
darsni tayyorlash bosqichida aynan (va avvalambor) axborot, analitik, oldindan
aytib berish va loyihalash malakalarini hamda darsni pedagogik jihatdan amalga
oshirish bosqichida tashkiliy va mobilizatsion malakalarni talab qiladi.
“Zamonaviy dars” onlayn festivali darsni tayyorlash va o’tkazish uchun AKT dan
foydalanish sohasida O’zbekiston o’qituvchilarining imkoniyatlari va yutuqlarini
namoyish qiladi. Shu bilan birga onlayn festival O’zbekistonda yangi innovatsion
ta’lim manbalarini yaratishga va axborot ta’lim fazosini rivojlantirishga yordam
beradi.
|