5
telegraf, ma`lumotlarini uzatish xizmati sohasiga oid taxmin takliflari ishlab
chiqaradi va takliflar ko`p hollarda xalqaro andozaga aylanadi. Ushbu bitiruv ishi
orqali biz gragik dasturlarga qisqacha ta`rif (ta`hrirlagichlar), ular yordamida
kartografik materiallarni tayyorlashning eng odiy va tez bajariladigan usullarini
to`grisida ma`lumot beramiz.
Geоgrafiya darslarida hоzirgi zamоn teхnika
vоsitalaridan fоydalanish
sоhasida qilinadigan ishlar ko`p. Shuni оchiq e`tirоf etish jоizki, teхnika
vоsitalaridan maqsadga muvоfiq unumli fоydalanish respublikamizning hamma
maktablarida ham yaхshi yo`lga qo`yilgan emas.
Respublikamizda, ayniqsa
qishlоq
maktablarida
geоgrafiya
darslarida
zamоnaviy
kоmpyuterlardan
fоydalanishga taaluqli metоdik qo`llanmalarga ehtiyoj juda katta.
Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda “Kompyuter grafikasi”
fani har bir soha bilan uzviy bog’lanib, unga bo’lgan ehtiyoj tobora o’shib
borayotganligi aniq. Kompyuter grafikasining qo’llanish ko’lami juda keng bo’lib,
avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya’ni kompyuter
grafikasida tasvir asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Ma’lumki axborot almashinuvida insonning ko’rish sezgi organi yordamida
qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi
va u xotirada ham chuqur iz
qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng
kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo’lib, uni qabul qilib
olish va miyada qayta ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning
fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma’lum bir qismi yo’qotilib
xotirada saqlanadi.
Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning ko’rish va eshitish sezgi
organlariga qaratilgan bo’ladi. Yani oddiy qilib aytganda
axborot berish uchun
tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va
tovushga aylantirishdan iborat.
Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib, ularni
qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari
o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning
6
imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak,
grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim.
Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki
fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar
murakkablashib boradi.
“Kompyuter grafikasi” fani birinchi navbatda
informatika fani bilan
bog’liqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib
kompyuter grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval
informatika fani talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan.
Kompyuter grafaikasi