70
S
1
kategoriyali zaxiraga qidiruv qilingan va o’rganilgan yotish sharoiti, shakli,
tuzilishi, sifati qazib olish sharoiti taxminan aniqlangan foydali qazilma konlari kiradi.
Zaxirasini hisoblashdagi xatolik 40-50% ni tashkil qiladi. Konning joylashish chegarasi
oz sonli burg’u quduqlari va geologik, geofizik ma’lumotlarni
ekstrapolyastiya qilish
yordamida aniqlanadi.
S
2
kategoriyali zaxiraga yotish sharoiti, shakli va foydali qazilmaning tarqalish
maydoni
adabiyot va qisman geologik, geofizik ma’lumotlar asosida taxminan
aniqlangan foydali qazilma konlari kiradi. Xom ashyo sifati ayrim joylarda qazilgan
burg’u quduqlaridan olingan namunalaridan aniqlangan.
Konning joylanish chegarasi geologik xaritalar
va kesmalar yordamida
belgilanadi.
Mufassal qidiruv ishlarini bajarishda qurilish xom ashyo sifati yanada chuqurroq
o’rganiladi, qo’shimcha olingan namunalarni laboratoriyada sinchiklab tekshirish yo’li
bilan xom ashyo sifati to’liq aniqlanadi.
Hamma dala ishlari tugallangandan so’ng xuddi dastlabki qidiruv ishlari
natijasida tuzilganidek qilib hujjatlar tayyorlanadi. Hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar
avvalgi qidiruv ishlari natijalariga nisbatan aniqligi va mukammaligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, xar bir foydali qazilma konlari bo’yicha tushuntirish teksti yoziladi. Bu
ma’lumotlar tabiiy qurilish xom ashyo konlaridan foydalanish loyixasini tuzishda
muxim hujjat xisoblanadi.