Tabiiy qurilish xom ashyolarini qidirish uslubi, bosqichlari




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/55
Sana30.01.2024
Hajmi3,12 Mb.
#148645
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
 
7.2. Tabiiy qurilish xom ashyolarini qidirish uslubi, bosqichlari 
 
Tabiiy qurilish xom ashyolari tarqalgan maydonlarda qidiruv ishlari ikki 
bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich ishlari dastlabki va ikkinchisi mufassal qidiruv 


68 
ishlari deb ataladi. Bularning birinchisi injenerlik-geologik qidirishlar bilan bir vaqtda, 
ikkinchisi esa ish chizmalari bosqichida amalga oshiriladi. 
Qidiruv ishlari uch bosqichda olib boriladi: dastlabki ishlar, dala ishlari, va 
kameral ishlar ya’ni, hisobot yozish. 
Dastlabki ishlar. Tekshirish ishlarini boshlashdan avval shu maydonlarda oldin 
bajarilgan ishlar uslubi, hajmi va olingan natijalar xamda arxiv materiallari bilan 
tanishib chiqiladi. Ayniqsa, shu rayon uchun tuzilgan geologik xaritalar, kesmalar, 
burg’u qudug’i va shurflarning tavsifi, shuningdek mavjud qurilish xom ashyolari 
konlarining tasnifi bilan tanishish va ularni o’rganish lozim. 
Yig’ilgan ma’lumotlarga asoslanib, dala ishlarining turi, hajmi belgilanadi. 
Dala ishlarini bajarish. Dala ishlariga geologik s’emka, burg’u quduq qazish, 
tog’-qazilma ishlari, dala tajriba ishlari, rejim ishlari va laboratoriya ishlari kiradi. Bu 
ishlarning hajmi qidiruv ishlarining masshtabiga, bosqichiga, maydon geologik 
sharoitining murakkabligiga bog`liqdir. 
Dala ishlari ob’ekt qurilishi muljallanayotgan joylarda mavjud bo’lgan tabiiy 
qurilish xom ashyolari to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib olib boriladi. Tog’li yoki 
qurilish xom ashyolariga boy bo’lgan joylarda tekshiruv ishlari kichikroq maydonlarda 
bajarilish mumkin va aksincha, qurilish xom ashyolari kam bo’lsa, kattaroq 
maydonlarda tekshiruv ishlari olib boriladi. 
Foydali qazilmaning tarqalish maydonini, nomini, sifatini va zaxirasini 
aniqlashda shu joylarda mavjud bo’lgan ka’rerlardan, oldin qazilgan shurflar, tabiiy 
ochilmalar va chuqurliklardan keng foydalaniladi. 
Kameral ishlar. Bu etapda arxiv materiallaridan olingan ma’lumotlar, hamda dala 
ishlarining natijalari jamlanib, sistemalashtiriladi, taxlil qilinib kerakli xarita va 
kesmalar tuziladi va hisobot yoziladi. 

Download 3,12 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tabiiy qurilish xom ashyolarini qidirish uslubi, bosqichlari

Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish