65
gruntning zichligi oshib, suv shimish, ko’pchish xususiyatlari kamayadi. Zarralar
orasidagi bog’lanish kuchi esa jinsning turg’unligini oshiradi.
Lyoss va gilli gruntlar tarkibiga sun’iy ravishda har xil tuzlarni qo’shish bilan
ham ularning qurilish xossalari yaxshilanadi. masalan, gilli grunt tarkibiga natriy xlorni
qo’shilishi natijasida murakkab fizik-kimyoviy jarayon vujudga keladi va natijada
gruntning namlanish xususiyati keskin pasayadi yoki gruntga kalstiy xlor shimdirilsa
undagi chang zarralarining qovushqoqligi oshadi.
Gruntlarning mustaxkamligini yaxshilash uchun ularning ichiga stement,
suyuq
silikat, bitum va boshqa moddalar singdiriladi. Natijada yangi strukturali bog’lanishga
ega bo’lgan, plastiklik, yopishqoqlik va ko’pchish xususiyatlari pasaygan
mustahkamligi oshgan grunt hosil bo’ladi.