3
S O` Z B O SH I
Mustaqil O`zbekistonimizning
kelajakda-Buyuk rivojlangan, demokratik
Davlat bo’lishi yuqori malakali kadrlarga katta bog`liqdir.
Shuning uchun
Respublikamizda
"Ta’lim to’grisida" qonun, hamda shaxsan Respublika Prezidenti
I.A.Karimov tashabbuslari bilan O`zbekiston
Respublikasining "Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi" (1997 yil 29 avgust) qabul qilindi.
Binobarin "Milliy dasturning"
amalga oshishi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda,
boshqa omillar bilan
birga Oliy va O’rta ta’lim yurtlarida Davlat tiladigi darslik va o`quv-uslubiy
qo’llanmalarning etarli bo’lishi katta ahamiyatga egadir.
Ana shularni nazarda tutib, mualliflar 2000-yili “Qurilish materiallari va
buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi” yo’nalishi talabalari uchun kiril alifbosida
“Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari” o’quv qo’llanma chop etilgan
edi. Lekin 2008- yildan takomillashgan.
Davlat ta’lim standarti ishlab chiqildi va
shunga asosan
yangi “o’quv rejasi” ishlab chiqildi. Shuning uchun lotin alifbosida
“Geologiya, mineralogiya va petrografiya asoslari o’quv qo’llanmasi, qayta ishlab
chiqilib, chop etishga tayyorlandi.
Qo’llanmada Qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish
texnologiyasida keng ishlatiladigan tabiiy qurilish xom ashyolari bo’lmish minerall
va tog’
jinslarining kelib chiqishi, yerda tarqalish va yotish qonuniyatlari, turlari,
sifati,
ishlatish usulublari, hamda bu xom ashyolar konini qidirish ishlari keng
yoritilgandir.
Mualliflar, mazkur qo’llanmani tayyorlashda o’zining
qimmatli fikr va
maslahatlarini bergan taqrizchilarga o’zlarining samimiy minnatdorchilklarini izxor
etadilar.