8
shaklida quyuqlashib borgan va ellips bo’ylab aylana boshlagan. Keyinchalik gaz-
chang zarrachalari quyoshda bo’layotgan markazdan qochirma kuch ta’sirida bir
birlari bilan birlashib sayyoralar, kometalar va meteorlar hosil qilgan.
Quyoshdan
uzoqda joylashgan sayyoralar yaqindagisiga nisbatan avvalroq paydo bo’lib ichidagi
temperaturaning pastligi sababli o’zining dastlabki tarkibini o’zgartirmagan holdadir.
Quyoshga yaqin joylashgan sayyoralar quyosh nuri issiqligi ta’sirida tarkibidagi tez
bug’lanuvchan moddalarni qisman yoki butunlay yo’qotgandir.
O.Yu.Shmidt gipotezasiga ko’ra, quyosh Galaktikani kesib o’tib, o’zining
tortish kuchi bilan bir yerga to’plangan gaz va chang zarralarini va qattiq jismlarni
o’z o’qi atrofida aylanishga olib kelgan. Natijada ularning quyuqligi ya’ni zichligi
oshib quyosh sistemasidagi sayyoralarni hosil qilgan. O.Yu.Shmidt
fikricha yer
kurrasi dastlab sovuq holda paydo bo’lgan bo’lib, keyinchalik undagi mavjud
radioktiv elementlarning parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik hisobiga qizigan.
Shuningdek yer temperaturasining oshishiga qatlamlar massasidan yuzaga kelgan
bosim ham sabab bo’lgan. Shu bilan birga yerning markazida zichligi yuqori va qiyin
eruvchan moddalar, uning sirtida esa zichligi kam
va tez eruvchan moddalar
to’plangan. Quyosh sistemasining rivojlanishining asosiy sabablaridan biri quyosh
harakati va butun dunyo tortishish kuchi ta’sirida moddalarning (miliard yillar
davomida) bir-biri bilan qo’shilib, miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishiga
o’tishdadir.
Yer quyosh sistemasidagi sayyoralardan biridir. Bu sistemada quyoshdan
uzoqlashish tartibiga ko’ra quyidagi to’qqizta katta sayyoralarni ko’rsatish mumkin.
Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton. Shuningdek 31 ta
yo’ldosh va 1600 dan ortik mayda kosmik jismlar ham bor. Merkuriy,
Venera va
Plutonlarning yo’ldoshlari yo’q bo’lsa, Yupiterda ularning soni 12 taga, Saturnda 9 taga
etadi. Bulardan tashqari kosmik jismlardan tashqari (astroid) tashkil topgan halqalar
Uranda 5 ta, Neptunda 2 ta, Marsda 2 ta, Yerda 1 ta kuzatiladi. Yerning yo’ldoshi Oy
hisoblanadi. Oy o’lchami kichikroq bo’lgan sayyora bo’lib, geologik jihatdan tuzilishi
murakkabdir.
1960 yillardan boshlab kosmik raketalarning uchishi, Oyga inson qadamini etishi,
"Lunaxod" stanstiyasining Oyda "Sayr" qilishi Oyning geologik tuzilishi to’g’risidagi
fikrlarini oydinlashtirdi. Chunonchi Oydan olingan jins namunalari Oy qatlamlari
vulqon otqindilaridan tarkib topganligini ko’rsatadi. Oy jinslari o’zining
ximiyaviy
tarkibiga ko’ra yerdagi vulqon jinslari-bazalt va anortozitlar bilan bir xil ekanligi
aniqlanadi. Shunga ko’ra Oyda ham vulqon va magmatik jarayonlarning qadimda va
hozirgi davrlarda sodir bo’layotganligini tasavvur etish mumkin. Lekin bu jarayonlarni
tektonik harakatlar bilan qanchalik bog`liqligi masalalari muammoligicha qolayotir.
Yerdan Oygacha bo’lgan masofa o’rta hisobda 384400 km. Oy yer atrofida ellips
orbita bo’ylab harakat qiladi va 27,3 sutka (yer sutkasi hisobida) aylanib chiqadi.
Shuningdek u o’z o’qi atrofida ham aylanadi. Shuning uchun ham yerdan Oyning bir
tomonigina ko’rinadi. Oydagi bir kun yerdagi 15 sutkaga to’g’ri keladi.
Yer quyosh atrofida 30 km/sek tezlik bilan harakat qilib bir yilda to’la
aylanib
chiqadi.
Yanvar oyida yer o’zining Perigey nuqtasiga, ya’ni yer orbitasining quyoshga eng
yaqin nuqtasiga (147 mln.km), iyul oyida esa Afeliy nuqtasiga, ya’ni quyoshdan eng
9
uzoq nuqtasiga (152 mln.km) yetadi. Quyosh sistemasidagi sayyoralar quyosh atrofida
ellips orbita bo’ylab har xil tezlikda harakat qiladi. Masalan, Merkuriy-50 km/sek,
Pluton-5 km/sek.
Mineral va meteoritlarni yoshini o’rganish orqali yerni paydo bo’lganiga 5 mlr.
yil bo’lganligi aniqlangan.
Yer bir sutka davomida o’z o’qi
atrofida, bir yil davomida quyosh atrofida
aylanib chiqadi. Quyosh atrofida aylanishda yer o’qi harakat yo’li tekisligiga nisbatan
doimo 66
0
2
'
burchak ostida qiyshayib turadi.