• KIRISH. Geologiya fani.
  • Geologiya- tabiyot fanlar turkumiga kiradi.
  • Umumiy geologiya
  • ГеолМинПетрг янги




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/55
    Sana30.01.2024
    Hajmi3,12 Mb.
    #148645
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    4
     
     
    KIRISH. 
    Geologiya fani. Geologiya-grekcha so’z bo’lib geo-yer, logos-so’z, fan 
    demakdir, shunday qilib geologiya- yer haqidagi fan bo’lib, uning paydo bo’lish 
    jarayonini, rivojlanish tarixini, tuzilishini, tarkibini, unda sodir bo’ladigan ichki va 
    tashqi geologik jarayonlarni o’rganadi. 
    Geologiya- tabiyot fanlar turkumiga kiradi. 
    Insoniyat foydalanadigan tabiiy boyliklar yer qa’ridan olinadi. Ular Yer paydo 
    bo’lishi tarixida, geologik jarayonlar natijasida Yer hozirgi holatiga kelgan. 
    Tabiiy qazilma boyliklarining, shu jumladan tabiiy qurilish xom 
    ashyolarining xam yer qa’rida qanday joylashishi va tarqalish qonuniyatlarini 
    bilishimiz va ulardan xalq xo’jaligida foydalanishimiz, ularning qanday paydo 
    bo’lishini va geologik jarayonlar natijasida vujudga kelganini o’rganishimiz va 
    bilishimiz juda muhimdir. 
    Shuning uchun geologiya fani xalq xo’jaligida juda muhim axamiyatga 
    egadir. Insoniyat rivojlanib, tabiatni o’rganishi, undagi tabiiy boyliklardan ko’proq 
    foydalanish extiyoji oshgan sari, geologiya fani ham rivojlanib bordi va shu 
    rivojlanish tarixida, hozirgi davrda o’zining quyidagi mustaqil tarmoqlariga ega 
    bo’ldi: umumiy geologiya, mineralogiya, kristalografiya, tarixiy geologiya
    petrografiya, tektonika, geomorfologiya, to’rtlamchi davr geologiyasi, geofizika, 
    gidrogeologiya, injenerlik geologiyasi va boshqalar. 
    Umumiy geologiya- yerning ichki va tashqi qismida sodir bo’lgan va 
    bo’layotgan geologik jarayonlarning rivojlanish va so’nish qonuniyatlarini, kelib 
    chiqadigan oqibatlarini o’rganadi. 
    Kristalografiya- minerallarning kristal tuzilishini o’rganuvchi fandir. 
    Minerallarning kristal panjarasini hosil bo’lish yo’llarini o’rganib, shu mineral hosil 
    bo’lish jarayonida qanday geologik jarayonlar sodir bo’lganini o’rganadi. 

    Download 3,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish