• O’rtacha qiymati Baland tog’liklar 1000 8848 2040 40 Kontinental
  • (cho’kmalar) -5570 -11521 -6100 11 1.2. Yerning ichki va tashqi tuzilishi.
  • ГеолМинПетрг янги




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/55
    Sana30.01.2024
    Hajmi3,12 Mb.
    #148645
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
    Rel’ef turlari 
    Okean 
    yuzasiga 
    nisbatan 
    joylashish 
    balandligi, m 
    Egallagan 
    maydon 
    yuzasi, 
    mln. 
    km
    2
     
    Eng kichik 
    qiymati 
    Eng 
    katta 
    qiymati 
    O’rtacha 
    qiymati 
    Baland 
    tog’liklar 
    1000 
    8848 
    2040 
    40 
    Kontinental 
    platformalar va 
    dengiz shelflari 
    1000 

    -200 
     200 
    -230 

    136 
    27 
    Dengiz 
    tubigacha 
    bo’lgan 
    kontinental 
    yonbag’irlik 
    -200 
    -2440 
    -1270 
    39 
    Chuqur 
    dengizlar 
    -2440 
    -5570 
    -3800 
    284 
    Dengiz 
    qa’ri 
    (cho’kmalar) 
    -5570 
    -11521 
    -6100 
    11 
     
    1.2. Yerning ichki va tashqi tuzilishi. 
    Yer planetasi bir necha bir-birini ustida yotgan konstentrik (bitta umumiy 
    markazga ega bo’lgan) qobiqlardan iborat. Yerning tashqi tomonini o’rab turgan 
    birinchi qobiq atmosfera-havo qobig’idir. Uning qalinligi 500 dan 2000 km gacha yetadi 
    va u har xil gaz va suv bug’laridan tashkil topgan. Atmosferaning yuqori qatlamlarini 
    tuzilishi to’g’risidagi ma’lumotlar yerning sun’iy yuldoshlari yordamida olingan 
    materiallar asosida yanada boyidi. Atmosfera-troposfera, stratosfera va ionosfera 
    qobiqlaridan iborat. 
    Troposfera –atmosferaning yerga eng yaqin bo’lgan qatlami bo’lib uning qalinligi 
    6-10 km dan (qutublarda) 15-18 km gacha (ekvatorda) o’zgaradi. Uning tarkibida 
    atmosferadagi hamma gazlarning 9/10 kismi hamda suv bug’lari mavjud. Yuqoriga 
    ko’tarilgan sari temperatura pasayib boradi. Havoning qatlamida bulutlar hosil bo’ladi 
    va isigan havo harakati kuzatiladi. 
    Stratosfera –qalinligi 40 km bo’lgan qatlamdan iborat. Uning temperaturasi 45-
    80
    0
    gacha o’zgaradi. 
    Stratosferadan keyin mezosfera qatlami keladi, uning qalinligi yer yuzasidan 80 
    km gacha yetib, temperatura-90
    0
    S ga pasayadi. 
    Ionosfera –qatlami 80 km dan 800 km gacha bo’lgan oraliqda joylashgan. 
    Ionosferada temperatura balandlik oshgan sari ortib boradi va bir necha gradusni tashkil 
    qiladi. Balandlik 800 km dan oshgach ionosfera tugab planetalararo fazoga o’tadi. Bu 
    qatlamda havoni tashkil etuvchi gaz zarralari 1500-2000 km gacha boradi va shu sathda 
    atmosferaning yuqori chegarasi joylashadi. 


    11 
    Gidrosfera –yer planetasining uzluksiz suv qobig’i bo’lib okean, dengiz, ko’l va 
    daryolardan iboratdir. 
    Planeta yuzasi 510 mln. km
    2
    bo’lsa, shundan 71% ga yaqini (361 mln. km
    2
    ) suv 
    tashkil qiladi, qolgan qismi esa quruqlik hisoblanadi –29% (149 mln. km
    2
    ). Gidrosfera 
    tarkibi dengiz suvlari tarkibiga mos bo’lib 1 l suvda 35 g turli tuzlar (xloridlar, sulfatlar, 
    karbonatlar) bor. Bulardan tashqari dengiz va okean suvlari tarkibida Mendeleev 
    jadvalidagi hamma elementlar ozmi-ko’pmi miqdorda eritma holda uchraydi. 
    Suv qobig’ining o’rtacha qalinligi 3,75 km. Okeanlarning eng chuqur joyi Marian 
    cho’kmasi (Tinch okeanida) hisoblanib 11521 m ga teng. Okeanlarda suv temperaturasi 
    1300 m chuqurlikkacha o’zgarib turadi. Masalan suvning yuqori qatlamlarida 
    temperatura +15-16 bo’lsa, 1000-1300 m chuqurlikda +1-3
    0
    S ga teng bo’ladi. Chuqurlik 
    1300 m dan oshganda temperatura deyarli doimiy bo’lib, 4 dan 2,5
    0
    S gacha o’zgarib 
    turadi. Shu chuqurlikdagi suv bosimi 100 MPA teng. 
    Dengizlar yerning rivojlanishida muxim geologik agent hisoblanadi. Dengiz 
    muhiti juda ham qalin va yirik tuz konlarini, cho’kindi tog’ jinslari va minerallar 
    (ohaktosh, bo’r, neft, fosforit, glaukonit, kaliy tuzlari) paydo bo’lishida kuchli 
    bioximiyaviy faktor hisoblanadi. Dengiz suvlari tog’ jinslarini yemiruvchi va 
    erituvchidir. 
    Yerning tashqi qobig’i litosfera yoki yer po’sti deb ataladi. Bu qobiqni o’rganish 
    juda ham katta axamiyatga ega. 
    Litosfera qobig’i burg’ quduqlari va tog’ shaxtalari yordamida 11-14 km 
    chuqurlikkacha yaxshi o’rganilgan. Geologik tekshiruv usullari litosferaning yuqori 
    qismi qanday jinslardan tuzilganligini va ularning tarkibini bilishga imkoniyat yaratadi. 
    Yerning bu qattiq qobig’i mineral xom-ashyolarga boy bo’lgani uchun hozirgi paytda 
    tezkorlik bilan o’rganilayotir. 
    Litosferaning ximiyaviy tarkibini o’rganish 16 km chuqurlikkacha bajarilgan 
    bo’lib, A.P.Vinogradovning 1950 yilgi qilgan hisobiga ko’ra u quyidagi elementlardan 
    tashkil topgan: 

    Download 3,12 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish