Geologik jarayonlar to’g’risida tushuncha




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/55
Sana30.01.2024
Hajmi3,12 Mb.
#148645
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
1.4. Geologik jarayonlar to’g’risida tushuncha. 
 
Yer yuzasida uzluksiz ravishda tushayotgan quyosh nuri oqimi atmosfera
gidrosfera va yer po’stining yuqori qismlari turli-tuman dinamik jarayonlarni yuzaga 
keltiradi. Tashqi energiya ta’sirida paydo bo’ladigan hodisalar yerning tashqi (ekzogen) 
dinamikasi deb ataladi. O’z navbatida, yerning ichki qismlarida radiaktiv parchalanish 
natijasida vujudga keladigan energiya va uning quvvatidan yuzaga keladigan jarayonlar 
yerning ichki (endogen) dinamikasi deb ataladi. Ularga magmatizm, vulkanizm, tog’ 
hosil bo’lishi jarayoni va seysmik hodisalar (zilzilalar) misol bo’la oladi. 
Magmatizm deganda yer qa’ridan suyuq holdagi yuqori temperaturali modda-
magmaning yuqoriga ko’tarilishi va tog’ jinslari ichida qotishi yoki yer yuzasiga otilib 
chiqishi tushuniladi (bu holda u lava deb ataladi). 
Vulkanizm magmatik prostesslarning bir turi bo’lib yer po’stidagi yoriqlar 
bo’ylab suyuq holdagi magmaning yer yuzasiga otilib chiqishidan sodir bo’ladi. 
Tarkibida gaz, suv bug’lari va qattiq mahsulotlar bo’lgan lava vulqonlar yordamida oqib 
chiqadi. 
Tog’ hosil bo’lishi (orogenez) deganda yer ichidagi energiya ta’sirida gorizontal 
holda yotgan qatlamlarning bukilishi, egilishi, yuqoriga ko’tarilishi, yoriqlar bilan 
bo’linishi (uzilishi) tushiniladi. Bu jarayon davomida yer po’stining ma’lum qismi 
umuman yuqoriga ko’tariladi va bundan gumbaz shaklidagi balandliklar hosil bo’ladi. 
Bunday juda baland joylar oqin suv harakatidan o’yilish, kavlanishi, chuqurlanishi, 
tilinishi mumkin va bunday joylarda chuqur soyliklar va do’ngliklar paydo bo’ladi. 
Shunday tilinish orqasida paydo bo’lgan do’ngliklarga (balandliklarga) tog’ deyiladi. 
Tog’larni hosil qiluvchi bunday harakatlar-tektonik harakatlar deb ataladi. 
Seysmik xodisalar (zilzilalar) asosan tektonik harakatlar va vulqonlar otilishidan 
yuzaga kelib yer ustini tebratish orqali namoyon bo’ladi. Yerning ichki dinamik 
kuchlari ta’sirida tog’lar, chuqur cho’kmalar va turli-tuman shakllardagi releflar yuzaga 
keladi. Magmatizm xodisasi magmani sovib qotishidan tog’ jinslari va minerallar paydo 
bo’lishiga olib keladi. Umuman olganda yer yuzasi relefidagi notekisliklarning vujudga 
kelishida asosiy rolni yerning ichki dinamikasi o’ynaydi. 
Yerning tashqi dinamikasi bilan bog`liq bo’lgan jarayonlar quyoshdan kelayotgan 
nur va issiqlik ta’sirida vujudga keladi. Issiqlikning yer yuzasida notekis 
taqsimanishidan shamol, namlikni bug’lanishi va suvlarning oqim harakati yuzaga 
keladi. Quyosh energiyasi yerda hayotni rivojlantiruvchi vositadir. Shamol, suvlar, 
o’simliklar va organizmlar ta’sirida yer yuzasi yemiriladi. Suv va shamol yemirilgan
nuragan mahsulotlarni oqizib, ko’chirib yer yuzasining pastqam joylariga olib borib 
yotqiziladi. 
Suv havzalarida ximiyaviy va biogen yo’l bilan hosil bo’lgan cho’kmalarni 
to’planishidan, xamda materiklardan shamol, muz va suvlar ta’sirida nuragan 
materiallarni bir yerdan ko’chib ikkinchi bir yerga yotqizilishidan cho’kindi jinslar hosil 
bo’ladi. 


15 
Demak, yerning tashqi dinamik jarayonlari yer yuzasidagi notekisliklarni 
tekislovchi, tekisliklarni yuzaga keltiruvchi va o’z navbatida yerning ichki dinamik 
prostesslariga qarama-qarshi bo’lgan kuchdir. Planetamiz rel’efi doimo yerning ichki va 
tashqi kuchlarini o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi va rivojlanib boradi. 
Injener-quruvchilar, gidrotexniklar, yo’l quruvchilar, injenerlar va quruvchi 
texnologlar qurilayotgan va foydalanilayotgan inshootlarning mustaxkamligi va 
turg’unligi yerning ichki va tashki dinamikasi ta’siriga bog`liqligini bilishlari va 
inshootlarni loyixalash chog’ida ularni hisobga olishlari lozim. 

Download 3,12 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Geologik jarayonlar to’g’risida tushuncha

Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish