Kristallarning ichki tuzilishi va muhim xossalari




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana30.01.2024
Hajmi3,12 Mb.
#148645
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
 
2.2. Kristallarning ichki tuzilishi va muhim xossalari. 
 
Rus kristallograf olimi E.F.Fedorov XIX asrda kristallarning ichki tuzilishini 
matematik hisoblash usuli bilan aniqladi va kristallarning 230 tur fazoviy panjarasi 
borligini nazariy jihatdan isbotladi. 
Dastlab kristallarni tashqi ko’rinishiga qarab o’rganilgan bo’lsa, keyinchalik 
ximiklar uni ayrim tarkibiy qismlarga ajratib, ularning tarkibiga kiruvchi elementlarni 
tekshirdilar. Hozirgi paytda esa kristallar rengen nurlari yordamida o’rganildi. 
Moddalarning kristall tarkibini tuzishda qatnashuvchi zarrachalarning ma’lum 
qonuniyatiga asosan tartibli holda fazoviy joylashishni ko’rsatadigan tasviri, ularning 
fazoviy panjarasi deb ataladi. (2.2-rasm) 
2.2-rasm. 
Kristallarda kuzatiladigan qirralar fazoviy panjaraning tekis turiga mos keladi. 
Tugunchaklar fazoviy panjaralardagi neytral atomlarga yoki zaryadlangan atomlarga 
(ionlar) yoki atomlar gruppasiga (molekulalarga) to’g’ri keladigan nuqtalardir. 
Tugunchaklari va tugunchaklar qatorining bir tekis yuzasidagi moslamali to’plami 
fazoviy panjarasining tekis turi deyiladi. Tugunchaklar va tekis turlar orasidagi masofa 
rengenstruktura analizi yordamida aniqlanadi.
Tugunchaklarda joylashgan zarrachalar xarakteriga qarab uch hil: atom, ion va 
molekula panjaralaridan tashkil topgan. Atomli panjaralar olmos va sfalerit 


17 
minerallariga, ionlari silikatli, ishqorli metall minerallariga, molekulalari o’ziga xos 
elektrga neytral molekulalaridan tarkib topgan minerallarga xosdir. Tabiatda o’zida 
hamma tipdagi panjaralarni mujassamalshtirgan kristallar uchraydi. 
Kristallarda zarrachalarning fazoviy panjara ko’rinishida joylashishi kristall 
moddalarning asosiy xususiyatlarini belgilaydi. Ularning bir tarkibligi, anizotropli va 
ko’pqirrali shaklga kira olish xususiyati bunga misol bo’la oladi. 
Kristallarning hamma qismidagi bir xil tarkibliligi deb ularning parallel 
yo’nalishidagi fizikaviy xususiyatlarini doimiyligiga aytiladi. Parallel yo’nalishlarga 
kristallarning fizikaviy xossalari, o’z navbatida turlichadir. Kristallarning parallel 
bo’lmagan yo’nalishlaridagi xossalarini hilma-hilligi uning anizotropligi deb ataladi. 
Masalan, 2.3.-rasmdagi kristallni tekshirib ko’rsak A yunalishdagi har qanday nuqtadagi 
xususiyati V yo’nalishdagi bo’yicha (orasida) turlicha bo’ladi. Slyudada anizotroplik 
yaqqol namoyon bo’ladi. Chunki, u bir tekislik bo’yicha yupqa plastinkalarga oson 
ajraladi, lekin perpendikulyar yunalishda ajralmaydi. 
2.3-rasm. 
Hamma kristallar mexanik xossalari (qattiqligi, ulanish tekisligi, mustaxkamlik 
chegarasi) bo’yicha anizatroplik xususiyatlariga ega. 
Magmani sovib qotishidan, dengiz va okeanlar tubida tuzlarning cho’kib 
to’planishdan kristallar hosil bo’lishi, o’sishi, kattalashishi hamda rivojlanishi mumkin. 
Tabiiy sharoitda o’sayotgan ozmi yoki ko’pmi miqdordagi moddalar tomchi, ayrim 
hollarda oqim tarkibiga kelib qo’shiladi. Bu hol kristallarni o’sishiga sabab bo’ladi. 
Kristallar o’sish jarayonida shu joydagi bo’shliqlarni egallab uni shakliga kirib qoladi
shunga ko’ra to’g’ri, noto’g’ri va boshqa shakllardagi kristallarni uchratish mumkin. 
Kristallar qanday shakllarda bo’lishidan qat’iy nazar o’sish jarayonida ularning 
dastlabki qiyofasi saqlanib qoladi. 
Kristallar o’sish bilan birga ma’lum bir muxitli sharoitlarda erishi va 
parchalanishi ham mumkin. 


18 

Download 3,12 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kristallarning ichki tuzilishi va muhim xossalari

Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish