• Dala shpati 55 Slyuda 3,0 Piroksen, amfibol 15 Oksidlar va suvli oksidlar 3,0 Kvarst 12 Gil minerallar 1,5
  • ГеолМинПетрг янги




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/55
    Sana30.01.2024
    Hajmi3,12 Mb.
    #148645
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
    Nazorat savollari. 
    1. Kristall va amorf terminlarini qanday tushunasiz? 
    2. Kristallografiya fani nimani o`rganadi? 
    3. Kristallarning fazoviy panjarasi deganda nimani tushunasiz? 
    4. Minerallarning kristalo-kimyoviy tuzilishini qanday tushunasiz? 
     
    3-BOB. MINERALOGIYA ASOSLARI. 
     
    3.1. Mineralogiya va mineral to’g’risida tushuncha. 
     
    Mineralogiya –geologiya fanining bir qismi bo’lib, yer po’stini tashkil qiluvchi 
    minerallarning xossalarini va ularni yuzaga keltiruvchi jarayonlarni o`rganadi. 
    Mineral deb yer po’stida va yuzasida turli-tuman fizik va kimyoviy jarayonlar 
    natijasida hosil bo’lgan tabiiy yoki sof tug’ma elementga aytiladi. 
    Tabiatda uchraydigan ko’pchilik minerallar (kvarst, dala shpati, topaz, yoqut va 
    boshqalar) qattiq holatda uchraydi. Ayrimlari (simob, suv, neft) suyuq holda, qolganlari 
    esa (karbonat angidrid, oltingugurt gazi, metan, propan, butan va x.k.) gaz holida 
    uchraydi. Qattiq holda uchraydigan minerallarning ko’pchiligi kristall tuzilishiga ega. 
    Tabiatda 7000 dan ortiq mineral uchrasada, ulardan 50 ga yaqini keng 
    tarqalgandir. Bu minerallar ko’pgina tog’ jinslarini tuzishda aktiv qatnashganligi sababli 
    ular jins hosil qiluvchi minerallar deb ataladi. 
    Yer po’stining mineralogik tarkibi (A.E.Fersman bo’yicha, og’irligiga nisbatan 
    prostent hisobida). 
    Dala shpati 55 
     Slyuda 3,0 
    Piroksen, amfibol 15 
    Oksidlar va suvli oksidlar 3,0 
    Kvarst 12 
    Gil minerallar 1,5 
    Suv 8,25 
    Kalstit 1,5 
     
    Fosfatlar 0,75 
    Dala shpati, piroksenlar, amfibollar va kvarst asosiy jins hosil qiluvchi minerallar 
    hisoblanadi. Tog’ jinslari yemirilganda, nuraganda minerallarning bir qismi tuproqqa 
    aylanadi, ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. 

    Download 3,12 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish