30
3. Kristallooptika nimaga asoslangan?
4.3. Tog jinslari haqida umumiy tushuncha va ularning genetik klassifikastiyasi.
Bir yoki bir nechata minerallardan tashkil topgan tabiiy birikmalarga tog’
jinsi
deyiladi. Minerologik tarkibi jihatidan quyidagilarga bo’linadi:
1. Monomineral tog’ jinsi.
2. Polimineral tog’ jinsi.
Monomineral tog’ jinslari deb bir mineralldan tashkil topgan tog’ jinslariga
aytiladi. Misol, marmar, gips.
Polimineral tog jinsi deb ikki va undan ortiq mineraldan tashkil topgan tog’
jinslariga aytiladi. Misol, granit, bazalt, lyoss.
Tog’ jinslari hosil bo’lishi sharoitiga qarab uchga bo’linadi:
1. Magmatik tog’ jinsi;
2. Metomorfik tog’ jinsi;
3. Cho’kindi tog’ jinsi.
4.4. Magmatik tog’ jinslari.
4.4.1. Magmatik tog’ jinslarining paydo bo’lishi, klassifikastiyasi, tarkibi va yotish
shakllari.
Magmatik tog jinslari yer ostidagi xamirsimon magmani yer ustida yoki yer ostida
kristallanishidan xosil bo’ladi. Yer ostida-magmaning kristallanishdan hosil bo’lgan
tog’ jinslari intruziv tog’ jinslari deb ataladi.
Yer ustida lavaning kristallanishidan xosil bo’lgan jinslari-effuziya tog’
jinslari deb ataladi.
Magmatik tog’ jinslarining yotish formalari: (4.3-rasm)
4.3-rasm. Magmatik jinslarning magmadan hosil bo’lish
sxemasi
1. Chuqurligi; 2. Er ustida
chiqib qolganlari
31
Intruziv jinslarning yotish shakllari: Lakolit, Batolit.
Lakkolit- Yer po’stida do’mboq yoki qo’ziqorin shaklida qotgan magma
lakkolitlar deb ataladi (4.4-rasm).
4.4-rasm. Lakolit sxemasi.
Lakkolitlarning
tagi taxminan gorizontal, usti qabariq yoki gumbaz shaklida
bo’ladi. Lakkolit asosan cho’kindi jinslar orasiga kirib qolgan inturuziv jinsdir. Lakkolit
yer yuzasidan 0,5-3 km chuqurlikda uchraydi.
Lakkolitning ustidagi tog’ jinslari yuvilib, lakkolit gumbaz shaklida yer yuzasiga
chiqib qolishi mumkin.
4.5-rasm. Batolitning kesilgan ko’rinishi.
Batolit-qurilishi jihatidan
lakkolitdan farq qilib, hosil bo’lish jarayoni lakkolit
bilan bir xil (4.5-rasm). Effuziv magmatik tog’ jinslari tabiatda qoplama (4.6-rasm) va
gumbaz (4.7-rasm) shakllarda yotadi.
4.6-rasm. 4.7-rasm.
32
Magmatik tog’
jinslari SiO
2
bilan nechog’lik to’yinganiga qarab guruhlarga
bo’linadi.
Tarkibida SiO
2
=65-52% bo’lgan gurux o’rta tog’lar
jinslari deb atalib, bu
guruhga sienit, diorit, porfirit, traxit, andezit misol bo’ladi.
Asosli tog’ jinslar guruhiga;
dala shpati, nordon plagioklazlar va kam miqdorda
qora rangli minerallardan tashkil topgan bo’ladi. Bu tog’
jinslar guruhi tarkibida
SiO
2
=52-40% bo’ladi va guruxga gabbro, diabaz, bazalt misol bo’ladi.
Ultra asosli tog’ jinslari tarkibida SiO
2
ning miqdori 46% dan kam bo’lib, bu
guruhga peredotit va dunit misol bo’ladi.
Mineralogik tarkibini avgit, olivin, rudali
minerallar tashkil etadi.