41
ajratiladi.Yuqorida ko’rsatib o’tilgan jinslar boshlang’ich materiallarning quyidagi
sxemaga muvofiq uglerod bilan to’yinishining bir qancha bosqichlarini tashkil etadi:
yog’och, torf, qo’ngir ko’mir, toshko’mir. Yog’ochda 50% S, antrastitda 95% C bo’ladi.
Aralash cho’kindi tog’ jinslari. Organogen tog’ jinslari bilan bir qatorda yer
yuzasida aralash tog’ jinslari ham ko’p uchraydi. Kelib chiqish bo’yicha aralash tog’
jinslari bir necha xil kimyoviy, organik chaqiq tog’ jinslari aralashmasidan iborat
bo’ladi.
Mergelning tarkibida kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan CaCO
3
, organizm
qoldiqlari va gil zarrachalari mavjud. Mergelning rangi juda xilma-xil, ko’p hollarda
namlanganda yumshaydi.
Umuman olganda organogen va aralash yo’l bilan hosil bo’lgan tog’ jinslari,
injener geologik nuqtai nazaridan ancha mustahkam tog’ jinslari hisoblanadi va
qurilishda juda keng ishlatiladi.
Masalan, gilli ohaktoshlar yo’l qurilishida, oyna ishlab chiqarishda, ruda boyitish
sohasida ishlatiladi. Mergel qishloq xujaligida nam, zax yerlarni quritishda, mineral
o’git sifatida ishlatiladi. Bu tog’ jinslarining ko’pchiligi nurash, emirilish jarayoniga
chidamli mustaxkam qoya tog’ jinslari hisoblanadi, ko’p hollarda o’zidan suv
o’tkazmaydi, suv tog’ jinslarining yoriqliklarida harakat qilishi mumkin. O’tkazilgan
qidiruv ishlari shuni ko’rsatadiki, bu tog’ jinslari 50-150 MPa yuk ko’tarish qobiliyatiga
ega.