42
Metomorfik tog’ jinslari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Agarda metomorfizmning bosh sababi bosim bo’lsa, dinamo-metamorfizm deyiladi.
2. Agar o’zgarishning asosiy sababi bosim va temperatura bo’lsa, termik metamorfizm
deyiladi.
3. Kimyoviy tarkibi o’zgarishi bilan bo’ladigan metamorfizm pnevmotologik
metamorfizm deyiladi.
Metamorfik tog’ jinslarining
asosiy xususiyatlaridan biri, ularning qatlam-
qatlamligidir. Bu qatlamlik asosan bosim bilan bog`liq bo’lib, bu tog’ jinslari guruhiga
kristalli slanestlar, gil slanestlari va boshqalar kiradi.
Metamorfizmning
borish sharoitiga qarab, metamorfizmning regional, kontaktli,
dinamometamorfizm turlari farqlanadi.
Regional metamorfizm. Agar metamorfizm
katta maydonlarda yuz bersa, bu
maydonlarda shu jarayon ta’sirida hosil bo’lgan tog’ jinslari regional metamorfizm tog’
jinslari deyiladi.
Bu metomorfizm turi eng keng tarqalgan bo’lib, katta qalinlikka ega bo’ladi.
Katta bosim ostida tog’ jinslari plastik xususiyatga o’tadi, qayta kristallanadi va slanestli
strukturali tog’ jinsi hosil bo’ladi. Agar temperatura ham ta’sir etsa, massiv teksturali
tog’ jinslari hosil bo’ladi. Bunday jinslarga gneys, kristallik
slanestlar va marmar
kiradi.
Regional metomorfizm tog’ jinsi ko’p tarqalgan bo’lib, keyingi tog’ hosil
bo’lish jarayonlari natijasida yuzaga ko’tarilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun
bunday tog’ jinslari faqat tog’li rayonlarda tarqalgan bo’ladi.
Dinamo-metamorfizm tog’ jinslari. Dinamometamorfizm deganda tog’
jinslarni
temperatura ta’sirida bosim ostida o’zgarishidan. hosil bo’lgan tog jinslari tushuniladi.
Bu tog’ jinslari tog’ hosil bo’lish jarayoni borayotgan rayonlarda tarqalgan.
Dinamometamorfizm tog’ jinslaridan eng keng tarqalgani gil slanestidir. Shuning
uchun eng xarakterli xususiyat uning qatlam-qatlam bo’lib ajralishidir va uning muhitka
chidamasligi ya’ni tashqi muhit ta’sirida maydalanishidir.
Kontakt metamorfizm tog’ jinslari. Kontakt metamorfizmi cho’kindi tog’ jinslari
bilan magma kontaktida ro’y beradi. Magma cho’kindi tog’ jinslari yoriqlaridan
ko’tarilganda o’z issiqligi bilan cho’kindi tog’
jinsini qizdiradi, kontakt yaqinida ularni
eritadi. Magmaning ta’sir zonasi uncha katta bo’lmay eng ko’pi bilan 10 km ni tashkil
etadi. Vaqt o’tishi bilan metomorfizm jarayoni tugaydi, bunga sabab magmaning
sovishidir. Kontakt metomorfizm uchun zonallik xarakterlidir. Ya’ni
magma kirgan
yoriqlik atrofida kuchli, uzoqlashgan sari sustroq metomorfizm vujudga keladi. Kontakt
metomorfizm ta’sirida ohaktosh marmarga aylanadi, kvarstli, slyudali tog’ jinslari
ragoviklarga aylanadi.