|
Yer osti suvlarining fizik xossalari va kimyoviy tarkibi 6.1.1. Yer osti suvlarining fizik xossalari va kimyoviy tarkibi.
Yer osti suvlarining fizik xossalariga ularning tiniqligi, rangi, xidi, ta’mi va
temperaturasi kiradi. Bu xususiyatlar kimyoviy tarkibiga, geografik joylashishiga va
geologik sharoitiga qarab o’zgarib turadi.
Yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi. Yer osti suvlari kimyoviy tarkibi bo’yicha
o’ta murakkab modda bo’lib, uning tarkibida Mendeleev jadvalidagi xamma elementlar
uchrashi mumkin. Lekin NaCl
⋅
Na
2
⋅
So
4
⋅
Na
2
CO
3
⋅
MgSO
4
⋅
CaCl
2
kabi tuzlar,
kislorod, azot kabi gazlar va organik birikmalar uchraydi.
Yer osti suvlari tarkibida erigan tuzlarning umumiy miqdoriga qarab
quyidagilarga bo’linadi:
1. Chuchuk suvlar –1g/l-gacha
2. Sho’rroq suvlar –1-10 g/l
3. Sho’r suvlar-10-50 g/l
4. Namakob suvlar –50 g/l ko’p
Yer osti suvlarining qattiqligi –ya’ni suv tarkibida kalstiy va magniy tuzlarining
miqdoriga aytiladi va u mg-ekv-da o’lchanadi. I mg-ekv –I litr suvda 20,04 mg Sa
++
va
12,16 mg Mg
++
-ionlari borligiga aytiladi.
1. Yumshoq suvlar –3 mg-ekv-dan kam.
2. O’rtacha qattiq –3-6 mg-ekv.
3. Qattiq –6-9 mg-ekav.
4. Juda qattiq –9 mg-ekv-dan ko’p.
Yer osti suvlarida erigan tuzlarning qurilish materiallarini yemirish xususiyati
agressivlik deb ataladi. Betonga nisbatan yer osti suvlarining agressivligi quyidagi
turlarga bo’linadi:
1. Umumiy kislotali agressivlik – vodorod ionlari konstentrastiyasi /rN/ miqdori
bilan baholanadi. Agar rN miqdori qumdagi suvlarda 7 dan, gil tuproqda 5 dan kam
bo’lsa., u agressiv xisoblanadi.
2. Sulfatli agressivlik – SO
4
-- --
ion miqdori bilan aniqlanadi, agar uning miqdori
200 mg/l oshsa, portlandstementga, 400 mg/l bo’lsa sulfatga chidamli betonlarga
agressiv hisoblanadi.
3. Yemiruvchi agressivlik – gidrokarbonat ioni miqdori 0,4-1,5 mg.ekv. dan
oshganda sodir bo’ladi.
4. Karbonat kislotali agressivlik - -SO
2
miqdori 3 mg\l oshganda.
5. Magniyli agressivlik - stementning turi va sortiga qarab magniy ion miqdori
750 mg/l dan oshganda yuzaga keladi.
|
| |