50
Talofot keltirish nuqtai nazaraidan vulkonogen yer qimirlash ham kuchli
hisoblanmaydi, vulqon zonalarida sodir bo’ladi. Bunda vulqon tepasida yopishqoq
magma kristallanadi va pastki bosimning kuchi ta’sirida
yerning kuchlanish darajasi
susayadi va yer qimirlash hosil bo’ladi.
Eng katta talofotli yer qimirlashlar tektonik silkinishlarga to’g’ri keladi. Tektonik
yer qimirlash asosan yer qa’ridagi tog’ jinslari kuchlanishining oshishi,
deformastiyalanishi natijasida, tektonik siniqlar atrofida yuzaga keladi va bu nuqta
gipostentr deb ataladi (5.3-rasm).
Gipostentr yer yuzasidan har xil chuqurlikda joylashgan bo’lishi mumkin. Uning
chuqurligi bir necha km dan bir necha yuz km gacha o’zgaradi. Toshkent zilzilasining
gipostentri 8 km chuqurlikka joylashganligi aniqlangan. Uning chuqurligi qancha katta
bo’lsa, tarqalish maydoni ham shuncha katta bo’ladi.
Gipostentrdan yer yuzasiga perpendikulyar – epistentr deyiladi.
5.3-rasm.
Gipostentrdan asosan ko’ndalang (a) va bo’ylama (b) to’lqinlar tarqaladi.
Bo’ylama to’lqinlar tezligi har xil tog’ jinslaridan har xil o’tadi. Masalan,
granit va
gneyslarda 5000-7000 m/sek, qumda 500-1100 m/sek, gilda 1400-2000 m/sek.
Ko’ndalang to’lqinlar esa 1,7 marta sekin tezlik bilan tarqaladi. Yer qimirlash har
xil davom etishi mumkin, u bir necha minutdan bir necha sekundgacha masalan, 1948
yildagi Ashxabod zilzilasi 8-10 sekund davom etgan.
Yer yuzasida har yili 100000 ga yaqin zilzila ulardan, 100 tasi talofotli, bittasi
katta talofotli zilzila bo’lib turadi. Tarixda kuchli zilzilalardan 1937
yildagi Kalkutta
shtatidagi zilzila natijasida300000 kishi halok bo’lgan, 1975 yildagi Lissabonda 50000,
1 sentyabr 1923 yili Yaponiya (Tokio-Imorilidagi) zilzila bunda 11 bino, 59 ming
binoda yong’in, 100 ming kishi halok bo’lgan.
1956 yil 4 dekabrdagi Xitoy va MXR chegarasidagi zilzila natijasida tog’li
rayonlarda uzunligi 18 km, kengligi 8 m li past tekislik hosil bo’lgan. Yerda hosil
bo’lgan yoriqlik kengligi 20 m gacha etgan. Tektonik zilzilaga misol, 1960 yil
Chili,1948 yil Ashxabod, 1966 yil Toshkent, 1976 yil Gazli zilzilalari misol bo’la oladi.
Yer qimirlashning kuchi SNG da 12 balli shkala asosida belgilanadi, har bir balga
ma’lum seysmik tezlanish
α
miqdori to’g’ri keladi:
2
2
4
Т
А
π
α
=
bunda A- tebranish amplitudasi
51
T- tebranish davri
α
- miqdorga qarab seysmik koefistenti aniqlanadi
a=
α
A
q
;
q - erkin tuzish tezligi, sm/sek
A-amplituda,mm
Zilzila kuchi 5 ballgacha bo’lishi mumkin bo’lgan territoriyalar antiseysmik
territoriyalar.
5
balldan
yuqori
bo’lsa,
seysmik
territoriyalar
deb
ataladi.Respublikamizning
seysmik
rayonlarida
asosan
5-9
ballik
zilzilalar
kuzatiladi.Shuning uchun GOST6249-52 " shkala ishlatiladi".Bu shkala asosida 6
balldan 9 ballgacha bo’lgan zilzila kuchini aniqlash mumkin.
Bu standart asosida qurilgan binolar antiseysimk qurilmalari bo’lmagan
holda
quyidagi 5 guruxga bo’linadi.
A-xom g’isht va paxsa devorli, semonli uylar.
B-toshdan qilinigan binolar.
V-yog’och konstrukstiyali binolar.
Yetkazilgan talofotni xarakterlash uchun GOST buyicha quyidagi talofotlar
ko’riladi.
1. Qisman shikastlanish- suvoqlarda yoriqliklar va pechlarning g’ishtlari bo’ylab
yoriqlar hosil bo’lishi (5-6 ball)
2. Shikastlanish- yoriqlik hosil bo’lishidan tashqari suvoqlar, bo’laklar ajralib
chiqadi, devorlarda kichik yoriqliklar paydo bo’ladi, pech mo’rilari shikastlanadi (7
ball)
3. Buzilish – devorda katta va ko’p yorig’liklar paydo bo’ladi,
imorat karnizlari
qulaydi, pech mo’rilari qulaydi (8 ball)
4. Vayron bo’lish –bunda butun imorat yoki qisman vayron bo’ladi (9-12 ball)
GOSTga muvofiq.
1 ballik zilzilani odamlar sezgi organlari sezmaydi, yer osti suvlari rejimga,
gruntga ta’siri yo’, talofot, shikastlanish bo’lmaydi.
2 ball-talofot va shikastlanish kuzatilmaydi, ba’zi shaxslar sezishi mumkin. Juda
sust hisoblanadi.
3 ball-osig’lik predmetlarning sust tebranishi kuzatiladi; huddi transport o’tganda
bo’ladigan tebranishga o’xshash bo’ladi.
4 ball- nam gruntlarda yoriqlar paydo bo’ladi, bino va imoratlarga shikast
yetkazmaydi. Idishdagi suyuqlik tebranadi. Ko’pchilik odamlar sezishi mumkin.
5 ball- ochiq
deraza va eshiklar tebranadi, ohaklar devordan ajralib to’kilishi
mumkin. Tokchalardagi idishlar yiqilishi mumkin.
6 ball-ko’pchilik binolarda yengil shikastlanish yoriqlar paydo bo’ladi.
7 ballda ko’pchilik A gurux binolarda buzilish va qattiq shikastlanish, B guruxda
yengil shikastlanish va ko’pchilikda qattiq shikastlanish, V gurux binolarda esa yengil
shikastlanish kuzatiladi. Yo’llarda yoriqlar paydo bo’ladi, bularning yo’qolishi va
yangilari paydo bo’lishi, tog’ jinslarning surilishi.
8 ball ko’pchilik A guruxda binolar buziladi va vayron bo’ladi, B guruxdagi bino
qattiq shikastlanadi va ba’zida buzilishi mumkin, V guruxdagi binolarga yengil shikast
yetadi.
52
9 ballda A gurux binolarining ko’pchiligi vayron bo’ladi, B guruxdagi
binolarning ko’pchiligi qattiq shikastlanadi va buziladi. Ba’zan vayron bo’lishi xam
mumkin, V guruxdagi binolar qattiq shikastlanadi.
10 ball-yerda 1 m ga yaqin yoriq paydo bo’ladi. Yangi ko’llar paydo bo’ladi,
qoyalar ag’dariladi.
11 ballda yer yuzasining relefi qisman o’zgaradi, temir yo’llar
qiyshayib ketadi,
hosil bo’lgan yoriqlardan suv bilan to’yingan yotqiziqlar yer yuziga chiqadi.
12 ball-butun borliq vayron bo’ladi.
Yer qimirlashning oldini olish maqsadida har xil antiseysmik konstrukstiyalar
masalan, imorat fundamentini katta chuqurlikka yotqizib, seysmik ustunlar,
balka
qurish, seysmik tirgovuch devorlar qurish kerak.
Zilzilaning energiyasi:
2
2
⋅
⋅
=