53
Seysmik bali 6 ball va undan yuqori rayonlarda qo’rilish ishlari sifatida va
ishlatiladigan materiallarga jiddiy axamiyat berish shart.
Seysmik rayonlarda quriladigan imoratlarga 7 balldan boshlab temir-betondan
ishlangan antiseysmik belbog’lar qilinadi. Bu belbog’lar ko’p
qavatli imoratlarning
qavatlar oralig’iga o’rnatiladi.
Imorat va inshootlar mustaxkamligiga elastik tebranishlarning ta’sirini
kamaytirish uchun ularning poydevori qo’yiladigan chuqurlikni chuqurroq joylashtirish
kerak. Shu maqsadda 8-9 balli rayonlarda vodoprovodlar yotqiziladigan chuqurlikni
chuqurlashtirish tavsiya qilinadi. Shuni aytib o’tish kerakki, antiseysmik belbog’lar
to’lqinlarning kuchini kamaytirish uchun mo’ljallangan. Vertikal to’lqinlarning kuchini
kamaytirish uchun esa temir-beton ustunlar, ya’ni qavatlar orasidagi belbog’larni
birlashtirib turuvchi antiseysmik chora ko’rilishi lozim. Masalan,
Toshkent shahrida
hozir ya’ni 1968 yildan boshlab huddi yuqorida aytilgan temir-beton belbog’lar va
ustunlar ishlatilmoqda.