48
5.2. Tog’ jinslarining dislokastiyasi va uning qurilishga ta’siri.
Dislokastion tektonik harakatlar geosinklinal xududlarga xos bo’lib,
jinslarning
dastlabki yotish holatlarini va xususiyatlarini o’zgartiradi. Gorizontal holda yotgan
qatlamlar burmalanadi, uziladi va ularning ayrim qismlari uzilmalar bo’yicha yuqoriga
yoki pastga siljiydi. Jinslarning birlamchi gorizontal yotishining o’zgarib burmalanishi
yoki uzilishi tog’ jinslarining dislokastiyasi deb ataladi.
Dislokastiyalar tektonik harakatning ko’rinishiga qarab va dislokastiyalar shakligi
qarab ikki turga bo’linadi:
1. Burmali dislokastiya
2. Uzilmali dislokastiya.
Burmali
dislokastiyalar
burmalanishi
dislokastiyalarning
o’ziga
xos
xususiyatlaridan biri burmalanishlar qatlamlarining yaxlitligi
buzilmasdan turib
bukilishi natijasida hosil bo’ladi. Bukilmalar bukilish jarayonida yer qobig’idagi
massaning gorizontal yo’nalishda harakatga kelishi va siljishi natijasida paydo bo’ladi.
Burmali dislokastiyalar burmalanish shakliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
antiklinal, sinklinal, monoklinal, fleksura (5.1-rasm).
5.1-rasm.
a) antiklinal; b) sinklinal; v) monoklinal; g) felksura. 1-qanot; 2-burma uqi 3-qulf.
Uzilmali dislokastiyalar kuchli tektonik haraktlar tufayli qatlamlarning uzilishi va
bo’lingan qismlarning bir-biriga nisbatan siljishi natijasida yuzaga keladi. Agar vertikal
(radial) kuchlar qatlam jinslarning qarshilik kuchidan ortib ketsa,
yaxlit qatlamlar va
burmalar biror joydan uzilib, darzlar paydo bo’ladi. Darzlarning
kengligi bir necha
santimetrdan bir necha metrgacha, siljish amplitudasi bir necha santimetrdan bir necha
kilometrgacha boradi. Darzlar doimo nurash jarayoni natijasida hosil bo’lgan yumshoq
jinslar bilan to’lgan bo’ladi.
Uzilmali dislokastiyalarga uzilmalar va teskari uzilmalar, gorstlar va grabenlar,
siljishlar va nadviglar misol bo’la oladi (5.2-rasm).
49
5.2-rasm davomi.
1-uzilma (sbros); 2-zinali uzilma; 3-teskari uzilma (vzbros); 4-zinali teskari uzilma; 5-
graben; 6-gorst. a-qatlamlarning
harakatsiz qismi; b,v-siljigan qismlari;
u-uzilish
tekisligi.
Yer yuzasining biror yerida imorat va inshoot quriladigan bo’lsa, avvalo
qatlamlarning yotish holatini bilish kerak. Chunki tog’
jinslarining qalinligi, yotgan
chuqurligi,
tuzilishini bilmasdan turib, shu maydonlarni qurilishga loyiq yoki
noloyiqligini aniqlab bo’lmaydi.
Tog’ jinslarining dislokastiyasining turlari, qatlamlarining darzlik darajalari tabiiy
qurilish xom ashyolarini qazib olishda katta ahamiyatga egadir.
Chunki konlar joylashgan xududning tektonik sharoiti shu kondan foydalanish va
ekspluatastiya qilish usullarini belgilaydi.