Nazorat savollari. 1. Endogen jarayonlar qanday jarayonlar va qanday turlarga bo’linadi?
2. Tektonik harakatlar deganda qanday harakatni tushunasiz?
3. Dislokastiya deganda nimani tushunasiz va uning turlari?
4. Seysmik hodisa deb qanday hodisani tushunasiz?
5. Zilzila nima va u paydo bo’lishiga qarab qanday turlarga bo’linadi?
6. Zilzila kuchi qanday baholanadi?
7. Seysmik rayonlarda qurilish ishlari qanday olib boriladi?
6-BOB. INJENERLIK GEOLOGIYASI ASOSLARI. 6.1. Yer osti suvlari xaqida umumiy tushuncha. Yer qobig’ining eng ustki qismidagi suvlar yer osti suvlari deb ataladi va ular yer
osti gidrosferasini tashkil etadi. Ularning paydo bo’lishini, joylashish sharoitini harakat
qonunlarini, fizik xossasini va kimyoviy tarkibini xamda atmosfera va yuzaki suvlari
bilan bog`liqligini Gidrogeologiya fani o`rganadi.
Yer osti suvlari, asosan atmosfera yog’inlarining va yuzaki suvlarning tog’
jinslari zarralari orasidagi g’ovaklar, bo’shliqlar, yoriqlar orqali singishidan paydo
bo’ladi. Ular paydo bo’lishiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Infiltrastiya suvlari.
2. Kondensastiya suvlari.
3. Sedimentastiya suvlari.
4. Yuvinil suvlar.
Xalq xo’jaligida yer osti suvlari katta axamiyatga ega. Ular shahar va
qishloqlarni, sanoat korxonalarini suv bilan ta’minlashda muhim manba hisoblanadi.
Yer osti suvlaridan nodir elementlar-yod, brom, uran, radiy va xokazolar ajratib olinadi.
Shu bilan birga yer osti suvlari qurilishda, qishloq xo’jaligida (ayrim hollarda) zarar
ham keltiradi. Ayniqsa, yer yuzasiga yaqin joylashgan yer osti suvlari katlovanlarni
54
to’ldiradi, botqoqlik hosil qiladi, inshootlarning yer osti qismini suv bosadi, foydali
qazilma konlarini va qurilish materiallarini qazib olishda, yer ostida injenerlik
inshootlarini qurishda ko’p qiyinchiliklar tug’diradi.