• 5.1. Tektonik xarakatlar haqida tushincha va ularning turlari.
  • ГеолМинПетрг янги




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/55
    Sana30.01.2024
    Hajmi3,12 Mb.
    #148645
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
    Nazorat savollari. 
    1. Tog jinslarining yoshini o’rganish qanday ahamiyatga ega? 
    2. Tog jinslarining doimiy va nisbiy yoshlariga izox bering? 
    3. Geoxronologik shkala nima? 
     
    5-BOB. YERNING ICHKI DINAMIK-ENDOGEN
    JARAYONLARI. 
    Yerning ustki qavati ya’ni yer qobig’i (litosfera) uzluksiz ravishda xarakat qilib, 
    tebranib va uzining geomorfologik kiyofasini o’zgartirib turadi. Litosferaning o’zgarishi 
    va xarakati yerning ichki qismidagi-endogen kuchlar ta’sirida bo’ladi va ular endogen 
    jarayonlar deb ataladi. Endogen jarayonlarga magmatizm, metomorfizm, vulkanizm, 
    tektonik xarakatlar va seysmik hodisalar kiradi. 
    5.1. Tektonik xarakatlar haqida tushincha
    va ularning turlari. 
    Tektonika grekcha suzidan olingan bulib, tuzilish degan ma’noni bildiradi. 
    Geotektonika (yoki erning tektonikasi) –geologiya fanining tarmogi bulib, yer 
    qobig’ining tuzilish xususiyatlarini va rivojlanishini o`rganadi. Yer yuzasida ayrim 
    joylar ko’tarilib toglar hosil bo’ladi, buning hisobiga erning boshqa joylari cho’kadi, tog 
    jinslarining yotish sharoitlari o’zgaradi. Bunday hodisalarni vujudga keltiruvchi 
    harakatlar tektonik harakatlar deb atalib, ular yerning ichki (endogen) dinamik kuchi 
    bilan chambarchas bog`liqdir. 
    Yer qobig’ining turli qismida harakatlar har xil tezlikda yuzaga keladi. Natijada 
    tog’ jinslari bir-biri bilan o’rin almashadi, qatlamlar bir-biriga nisbatan suriladi, yotish 
    shakllari o’zgaradi. Yer qobig’ining geosinklinal zonalariga nisbatan tinch tektonik 
    rejimda bo’lgan qismi platforma deb ataladi. Platformalar katta-katta maydonlarni 


    47 
    egallaydi. Ularga Rus, G’arbiy Sibir platformasi kiradi. Platformalar ikki qavatdan 
    iborat bo’lib, pastki qavati burmalangan cho’kindi, yoxud metamorfik va magmatik 
    jinslardan tuzilgan bo’ladi. Ustki qavati esa gorizontal holda yotgan cho’kindi jinslardan 
    iborat. 
    Yer qobig’ining uzoq vaqtlar cho’kindi jinslar to’planadigan va platformalar 
    orasida joylashgan, aktiv tektonik harakatlar bo’lib turadigan qismi geosinklinal deb 
    ataladi. Geosinklinal yer qobig’ining asosiy geotektonik elementlaridan biri bo’lib, u 
    platformaning aksini tasvirlovchi zonadir. Geosinklinal xududlarga Alp, Karpat, Kavkaz 
    tog’lari va O’rta Osiyo tog’ tizmalari kiradi. 
    Tektonik harakatlar asosan ikki turga bo’linadi 
    1) tebranma tektonik harakat; 
    2) dislokastion tektonik harakat. 
    Bulardan tashqari, geosinklinal rayonlarda zilzila va vulqon hodisalari kuzatiladi. 
    Tebranma tektonik harakatlar. Platformalarning ayrim qismlari o’n, yuz va ming 
    yillar davomida ko’tariladi hamda buning hisobiga uning ikkinchi biri pasayadi yoki 
    cho’kadi. Buni yer yuzasidagi ba’zi joylardan dengizning chekinishi, natijasida o’sha 
    joylarda qo’ruqlikning kengayishi, ikkinchi bir boshqa maydonda dengiz trangressiyasi 
    natijasida quruqlikning kamayshi misolida ko’rish mumkin. Tebranma tektonik 
    harakatlar jinslarinng dastlabki yotish holatini o’zgartirmasa-da, uning geologik 
    jixatidan ahamiyati kattadir. Bu harakat natijasida cho’kindi hosil bo’lish jarayoni 
    tezlashadi, quruqlik bilan dengiz o’rtasidagi qirg’oq chegarasi o’zgaradi. Daryo 
    suvlarining yuvish xususiyati kamayadi yoki aksincha kuchayadi. 
    Tebranma tektonik harakatlar quyidagi ko’rinishlarga bo’linadi:
    a) qadimiy geologik davrlardagi tebranma harakatlar; 
    b) yangi va zamonaviy tebranma harakatlar. 
    Qadimiy geologik davrlardagi tebranma harakatlar yer qobig’ining ko’tarilishi 
    yoki cho’kishiga olib kelgan. Natijada yer yuzasining hozirgi umumiy tuzilishi vujudga 
    kelgan. 
    Yangi va zamonaviy tebranma harakatlar neogen davrining oxiri va to’rtlamchi 
    davrida sodir bo’layotir. Biz bu harakatlarni dengiz supalari balandligining o’zgarishi, 
    daryolarning quyi qismlarini dengiz suvi bosishi va daryo o’zanlarining cho’kishida 
    yaqqol ko’ramiz. Masalan, O`zbekistonning Chinozdan Kogongacha bo’lgan 
    oralig’idagi maydonlar yiliga 13-15 mm, Amudaryoning o’rta oqim rayonlari 10 mm, 
    Gurlan-Xo’jayli rayoni 10,5-11,5 mm ga ko’tarilayotganligi aniqlangan. 
    Yer qobig’ining ba’zi joylari ko’tarilsa, ikkinchi bir joyi cho’kadi. Masalan, 
    Farg’ona vodiysi yiliga 5-10 mm, Qizilqum yerlari 4-6 mm cho’kmoqda. 
    Hozirgi zamon tebranma harakatlarini o’rganish xalq xo’jaligida katta 
    ahamiyatga egadir. Gidrotexnik inshootlar, sun’iy dengizlar, to’g’onlar va dengiz 
    qirg’oqlarida shaharlar qurilishida vertikal tebranma harakatlar kuchini o’rganish va 
    hisobga olish muhimdir. 

    Download 3,12 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish