Asosiy metamorfik tog’ jinslarining turlari




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/55
Sana30.01.2024
Hajmi3,12 Mb.
#148645
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
4.6.2. Asosiy metamorfik tog’ jinslarining turlari 
 va qurilishda ishlatilishi. 
 
Yer yuzasida eng ko’p tarqalgan metamorfik jinslarga gneys, rogovik, slanest, 
kvarstit va marmartoshlar kiradi.
Gneys –o’ta qattiq tog jinsi bo’lib, kvarst, dala shpati va slyudaga boy, rangi va 
mineral tarkibiga ko’ra granitga o’xshab ketadi. Tarkibidagi minerallarga qarab biotitli, 


43 
amfibolli, piroksenli, granatli va boshqa gneys turlari bo’ladi. Rangi kul rang-pushti
kulrang-sarg’ish bo’ladi. Ular slanestsimon va yo’l-yo’l teksturali bo’ladi. Zichligi 1,8-
2,4 g/sm
3
, mustahkamligi 100-270 MPa . Har qanday inshoot va imoratlarga mustahkam 
asos bo’la oladi va qurilish xom ashyosi sifatida keng ishlatiladi. 
Slanestlar –cho’kindi hamda magmatik jinslarga katta bosim va temperatura ta’sir 
etganda hosil bo’ladi. Ular slanestsimon (varaqsimon) yoki yo’l-yo’l teksturali bo’lib, 
yupqa qatlamlardan iborat. Qatlamlar bir-biridan oson ajraladi. Mineral tarkibiga qarab 
slyudali, xloridli, tal’kli, gilli, kremniyli, temirli slanestlar bo’ladi. 
Slanestlar qurilish xom ashyosi sifatida ishlatiladi. Masalan, tal’kli slanestlar 
o’tga chidamli g’ishtlar tayyorlashda, slyudali slanestlar issiqlik o’tkazmaydigan xom 
ashyo sifatida, fillitli slanestlar shifer sanoatida, gilli slanestlar esa stement ishlab 
chiqarishda ishlatiladi. Shunday konlarga Qarachatir, Navoi kabi gilli slanest konlari 
misol bo’ladi. 
Rogoviklar –kantaktli metamorfizm jarayoni natijasida hosil bo’ladi. Jins, massiv 
teksturali bo’lib, juda mustahkamdir (siqilishga qarshiligi 130-150 MPa ) va juda kam 
g’ovaklidir. Bu tog’ jinslar juda kam tarqalgan. 
Kvarstitlar –asosan kvarstli qumtoshning metamorfizm jarayoniga duch 
kelishidan paydo bo’ladi. Kvarstitlar juda zich va mustahkam bo’lib, 350 MPa quch 
bilan siqilishga chidash beradi. Tarkibidagi aralashmalarga qarab oq, kulrang, pushti, 
qizil rangli bo’lishi mumkin. Kvarstitlar qurilishda qoplovchi toshlar sifatida ishlatiladi. 
Marmartosh – kristallangan jins bo’lib, asosan ohaktosh yoki dalomitlarning 
o’zgarishidan hosil bo’ladi. Marmatoshlar mayda, o’rta va yirik donali kristalli turlarga 
bo’linadi. Toza marmartosh oq, grafit va ko’mirsimon moddalar aralashgan bo’lsa, 
sarik, pushti, qizil, qora rangli bo’ladi. Marmartoshning mustahkamligi uni tashkil 
etuvchi zarrachalarning zichligi va yirik maydaligiga bog`liq bo’lib, u 50-120 MPa 
bosimga chidaydi. 
Marmartosh konlari O`zbekistonda keng tarqalgan bo’lib, bu konlar o’zining 
sifatli marmari bilan O`zbekiston tashqarisida ham ma’lumdir. Bularga G’azalkent, 
Oqtosh, Miroqi, G’ozg’on, Nurota va boshqa konlar kiradi. 

Download 3,12 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Asosiy metamorfik tog’ jinslarining turlari

Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish