38
suglinok
5
O’rtacha changli
15-20
ko’p
qumlikka
kam
changligiga
10
6
Yengil changli supes 10-15
nisbatan
nisbatan
7
Og’ir changli
6-10
8
Yengil changli
6-3
9
Qum changli
3
Gilli jinslarning plastiklik soniga qarab klassifikastiyasi
(V.V.Oxotindan).
4.3-jadval.
Klass
Jinsning
plastiklik
xarakteristikasi
Plastiklik soni Jinsning nomi
4.3-jadval davomi
I
Yuqori plastiklik
17
gil
II
O’rta plastiklik
17-7
suglinok
III
Kam plastiklik
7
supes
IY
Plastikmas
0
qum
Suglinok va supes tuproqning qurilish xossalari lyossimon tog’ jinslarinikiga
yaqin. Lyoss va lyossimon tog’ jinslari O’rta Osiyo territoriyasining 78%
ni qoplagan
bo’lib, ular asosan tog’ yon bag’irlarida, tekisliklarda tarqalgan.
Qurilish ishlari, qishloq xo’jalik maydonlari shu tog’ jinslari tarqalgan yerlarda
olib boriladi. Shuning uchun bu tog’ jinslari imorat va inshootlarning poydevor zamini
va qurilish xom ashyosi sifatida ishlatiladi.
Tsementlangan cho’kindi jinslar. Tabiatda chaqiq
yumshoq jinslar faqat
qatlamlanib, zichlashib tarqalmasdan balki yer ostida harakat qiladigan suvlar eritib olib
kelgan oxak, magniy, temir, kremniy va gil moddalar ta’sirida stementlanishi xam
mumkin. Bu xolda moddalar yumshoq jinslar oralariga kirib cho’kishi
natijasida jins
zarrachalarini bir-biriga biriktirib stementlaydi. Natijada konglamerat (shag’altosh),
brekchiya (qirrali tosh), qumtosh, alevrolit, argillit va boshqa jinslar xosil bo’ladi.
Konglomerat –silliqlangan shag’al,brekchiya –sheben jinslarining temir, fosfor,
oxak, kremniy yoki gilli moddalar bilan stementlanib birikishidan xosil bo’ladi.
Zichligi
1,5-2,9 g/sm
3
, mustaxkamligi 5 dan 160 MPa gacha.
Gravelit –graviy (mayda shag’al) ning stementlanishidan xosil bo’ladi. Zichligi
1,5-2,1 g/sm
3
, mustaxkamligi 2-5 dan 100 MPa gacha.
Qumtoshlar- qumlarning stementlanishidan xosil bo’ladi. Ayniqsa kremniy oksidi
yordamida birikkan, stementlangan qumtoshlar mustaxkam
va nurashga chidamli
bo’ladi. Zichligi 1,8-2,5 g/sm
3
, mustaxkamligi 5 –200 MPa.
Alevrolitlar –supesning stementlanishidan hosil bo’ladi. Zichlashgan jins bo’lib,
suvda ivimaydi va o’z xossalariga ko’ra qumtoshlarga yaqindir.
Argillitla –suglinokning stementlanishidan xosil bo’ladi, suvda ivimaydi.
Nurashga chidamsizdir, zichligi 1,4-2,3 g/sm
3
, mustaxkamligi 3-5 dan 10 MPa gacha.