35
Agarda daryo, ko’l, dengiz tubida suv tarkibidagi tuzlar cho’ksa, bunday
yotqiziqlarga ximogen yotqiziqlar deyiladi. Agarda qadimgi o’simliklar va
hayvonlarning chirishi natijasida tog’ jinsi hosil bo’lsa, bunday tog’ jinslariga
organogen tog’ jinslari deyiladi.
Agarda tog’ jinsi hosil bo’lishida organik va ximik
jarayon birgalikda kuzatilsa,
bu jarayonlar natijasida hosil bo’lgan tog’ jinslariga aralash tog’ jinslari deyiladi.
Cho’kindi tog’ jinslari quyidagi asosiy xususiyatlarni o’zida mujassamlashtiradi va shu
xususiyatlari bilan boshqa tog’ jinslaridan farq qiladi:
1.Qatlamlik. Cho’kindi tog’ jinslari boshqa tog’ jinslaridan farqli bo’lib, u
qatlamlilik xususiyatiga ega.
Qatlam ikki chetidan aniq tekislik bilan chegaralangan bo’ladi. Qatlamlar ketma-
ketligi tog’ jinsi qirqimini hosil bo’lishi davrida bo’lib o’tgan jarayonlardan darak
beradi.
2. Ko’pchilik cho’kindi tog’ jinslari g’ovakdor bo’ladi. Tog’ jinsining g’ovakligi
deb, tog’ jinsidagi g’ovaklik xajmining tog’ jinsi xajmiga bo’lgan nisbati tushuniladi.
Judak ko’p hollarda tog’ jinsining g’ovaklik koeffistienti degan tushuncha ishlatiladi va
bu g’ovaklik bilan bog`liq bo’lib, quyidagicha aniqlanadi:
n
i
n
−
=
ε
bu erda – n g’ovaklik
ε
- g’ovaklik koeffistienti.
G’ovaklikning miqdori mineral zarrachalarning joylashishiga bog`liq.
γ
δ
γ
−
=
n
; %
bu erda
γ
-grunt zichligi g/sm
3
δ
- xajm massasi
n- g’ovaklik
3. Cho’kindi tog’ jinslarining yana bir xarakterli
tomoni ularning tarkibida
hayvon va o’simlik qoldiqlari yoki izlarning bo’lishidir. Bu hammasi davr yotqiziqlari
uchun xarakterli.
4. Cho’kindi tog’ jinslari termodinamik sharoitda hosil bo’lganligi uchun ularning
tarkibi, xususiyati va rangi hosil bo’lgan geografik sharoitga bog`liq. Masalan, cho’l
saxroda hosil bo’lgan tog’ jinslari sarg’ish rangli, sovuq
iqlimda sharoitda hosil
bo’layotgan tog’ jinslarining rangi ko’k-kulrang bo’ladi.
Sedimentastiya va diogenez haqida tushuncha. Cho’kindining yig’ilish jarayoni
sedimentastiya deyiladi. Cho’kindiga tushgan cho’kma o’z og’irlik kuchi ostida va har
xil fizikaviy-kimyoviy jarayonlar natijasida tog’ jinsiga aylanadi.
Cho’kindi tog’ jinsiga aylanish jarayoni diogenez deyiladi.
Diogenez ikki
bosqichdan iborat.
I. Bosqich sadimentastiya jarayoni bilan birga boradigan oyngenez ya’ni
cho’kindi yig’ilishi va uning jipslanishi.
II. Cho’kindi yig’ilib bo’lgandan keyingi jarayon – epigenez.
Diogenez jarayoni to jinsi qurilish xususiyatlarining yuzaga kelishida katta rol
o’ynaydi. Diogenez jarayoni har-xil tog’ jinslarida har-xil bo’ladi. Masalan,
qum va
36
qumli tog’ jinsi diogenez jarayonida katta o’zgarishga uchramaydi,
uning xususiyati
deyarli o’zgarmaydi.
Shunday qilib cho’kindi tog’ jinslari paydo bo’lish sharoitlariga qarab bir-biridan
keskin farq qiladi va uchta asosiy guruhga bo’linadi:
1. Mexanik.
2. Kimyoviy.
3. Organik cho’kindi tog’ jinslari.