|
Magmatik jinslarning strukturasi va teksturasi4.4.2. Magmatik jinslarning strukturasi va teksturasi.
Tog’ jinslarining strukturasi deganda tog’ jinsini tashkil etuvchi zarrachalarning
o’lchama, shakli va minerallarning miqdori tushuniladi. Tog’ jinslarining birini
ikkinchisidan ajratishda strukturasini o’rganish katta ahamiyatga ega.
Magmatik tog’ jinslarining strukturasi magmaning qanday bosqichlarda
kristallanishiga bog`liq bo’lib, u turli xilda bo’lishi mumkin.
To’la kristall struktura – bu struktura intruziv tog’ jinslari uchun harakterli bo’lib,
yer ostidagi magma to’la kristallanadi. Kristallanish natijasida hosil bo’lgan tog’ jinsini
tashkil etuvchi minerallar aniq qirralarga ega bo’ladi. Bu guruhga granit, sienit, biotit,
gabbro misol bo’lib, batolit, lakkolit, lopolit holida uchraydi.
Porfirli struktura. Bu turdagi struktura tomirlar orasidagi va effuziv tog’ jinslari
uchun xarakterli. Tekis kristallanmagan yuzada yaxshi kristallangan mineral
zarrachalari ajralib turadi. Bu gruppaga porfir va porfiritlar misol bo’ladi.
O’rta kristallik struktura. Bu turdagi struktura effuziv tog’ jinslariga tegishli
bo’lib /bazalt/, bu guruh tog’ jinslarining kristall zarrachalarini faqatgina mikroskop
orqali kuzatish mumkin.
Shishasimon va g’ovakli struktura. Magmaning sovishi natijasida mineral
zarrachalar kristallanishiga ulgura olmay shishasimon tekis amorf shaklini oladi. Bu
guruhga vulkon shishasi, obsidan misol bo’ladi.
Lavaning kristallanish davrida intensiv gaz ajralib chiqishi natijasida, g’ovakli
tog’ jinsi pemza hosil bo’ladi.
Tekstura minerallarini o’zaro xarakterlovchi tushuncha bo’lib, quyidagi turlarga
bo’linadi. 1. Massiv, ipaksimon, slanest tipidagi teksturalar.
Granit, gabbro-massiviga, marmar-ipaksimonga, slanestlar-slanest teksturalariga
misol bo’ladi.
|
| |