ГеолМинПетрг янги




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/55
Sana30.01.2024
Hajmi3,12 Mb.
#148645
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Nazorat savollari. 
1. Mineral deb nimaga aytiladi? 
2. Qanday minerallarga jins hosil qiluvchi minerallar deb ataladi? 
3. Minerallar tabiatda qanday holatlarda uchraydi? 
4. Minerallar qanday tuzilishlarga ega bo’ladi? 
5. Minerallarning fizik xossalariga qanday xususiyatlar kiradi? 
6. Minerallarning qattiqligi deb qanday xususiyatga aytiladi? 
7. Minerallar kimyoviy tarkibi bo’yicha qanday guruhlarga bo’linadi? 
 
 
 
 
 
 


27 
 
4-BOB. PETROGRAFIYA ASOSLARI. 
 
 
4.1. Petrografiya, petrografiyani tekshirish usullari haqida tushuncha. 
Tog’ jinslarini, tekshirish katta nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. 
Petrografiya, umuman, butun yer po’stidagi yoki uning ayrim qisimlaridagi tog’ 
jinslarining kimiyoviy va mineralogik tarkibini hamda kelib chiqishini o`rganadi. 
Binobarin, petrografiya biron-bir xududning geologik tarixini to’g’ri tasavvur qilishga 
ilgari topilgan foydali qazilmalarni to’g’ri baholash va yangi qazilmalarni qidirib 
topishga yordam beradi. Undan tashqari, tog’ jinslarini qurilish xom ashyolari sifatida 
ishlatish usullarini va turlarini to’g’ri tanlashga yordam beradi.
Tog’ jinslari hilma-hil va murakkab bo’lganligi uchun ularning xususiyati va 
tarkibi har xil. Binobarin, bu tog’ jinslarining tekshirish usullari ham turlicha. Ular 3 ta 
yirik guruhga bo’linadi: 
1. Optik usullari. Mazkur guruha kritsalooptika, immersiya, Fedorov stolchasi 
bilan tekshirish usullarini o’z ichiga oladi. Bu usullari minerallarning optika 
xususiyatlarini maxsus optika asboblari, umuman polyarizastion mikraskop bilan 
tekshirishga asoslangan. 
2. Kimiyoviy va fiziko-kimyoviy usullari. Bu usulda tog’ jinslari va ularni tashkil 
etgan ayrim minerallarning tarkibini mukammal o’rganish va ularning vujudga kelishini 
fizik-kimyoviy qonunlar nuqtai nazaridan talqin etadi. Bu usullar quyidagilardan 
iboratdir: 
a) Petrokimyo usuli; 
b) Mineralogik-geokimyoviy tekshirish usuli; 
v) Eksperiment-tajriba usuli. 
Bularning ichida eksperiment, ya’ni tajriba ishlari alohida o’rin tutadi. Olimlar 
katta bosim ostida va yuqori temperaturada tajriba o’tkazib, sun’iy yo’llar bilan turli 
minerallar va tog’ jinslarining birikmasini hosil qiladilar. Bu ishlarning barchasi tog’ 
jinslarining paydo bo’lishini aniqlashga yordam beradi. 
Eng muhimi tog’ jinslarining qurilish san’atiga yaroqli yoki yaroqsizligini, 
texnika prostesslariga aloqasini bilish uchun turli apparatlar yordamida ularning 
zichligi, elektr, issiqlik hamda seysmik to’lqinlarini o’tkazuvchanligi kabi xususiyatlari 
o’rganiladi. 
3. Dalada o’tkaziladigan tekshirishlar. Bu usulda tog’ jinslarining ma’lum 
maydonga tarqalishi, ularning tabiatda tutgan o’rni, shakli va bir-biriga bo’lgan 
munosabati aniqlanadi. 
Dalada o’tkaziladigan tekshirishlar kesmalar hamda turli tog’ jinslarining 
diqqatiga sazovor qismlarini maxsus xaritalar tuzish, fotosuratlar olish yoki rasmini 
chizish bilan qayd etiladi. Shuningdek, shliflar yasash, analizlar qilish uchun kerak 
bo’lgan miqdorda toshlardan namunalar olinadi. 

Download 3,12 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish