21
harakteriga ko’ra sinishining bir necha turi ajratiladi: donador, kesakimon,
chig’anoqsimon, zirapchasimon va ilmoqli .
Massasi (zichligi). Minerallarning zichligi ximiyaviy
tarkibiga chunonchi ion va
atomlarning og’irligiga bog`liqdir. Minerallarning zichligi 0,9 dan 23 gacha o’zgaradi.
Tabiatda uchraydigan asosiy minerallarning massasi 2 dan 10 gacha bo’lib, 2,5-3,5
g/sm
3
zichlikka ega bo’lgan minerallar keng tarqalgandir.
Minerallar masasiga ko’ra uch guruhga bo’linadi;
1) Yengil-massasi 2,5 g/sm
3
gacha (gips, tosh tuzi, oltingugurt va boshqalar);
2) O’rtacha-massasi 2,5 dan 4 g/sm
3
gacha (kvarst, dala shpati, kalstit va boshqalar);
3) Og’ir-massasi 4 g/sm
3
dan yuqori (rudali minerallar-gematit, magnetit, sof- tug’ma
elementlar).
Minerallarning boshqa fizik xossalariga ta’mi, hidi,
magnitligi va elektirlanishi,
radiaktivligi, erishi kiradi. Ayrim minerallar uchun bu xususiyatlar xarakterli
hisoblanadi. Masalan, galit (tosh tuzi) namakob ta’mli, magnetit esa magnitli xossaga
ega.
Shakllari. Minerallarning tashqi shakllari turlicha bo’lib, ko’pincha
tabiiy
sharoitlarda har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Tabiatda yakka kristalli yaxshi
qirralangan minerallar kam uchraydi. Agregat ko’rinishda kristallari bir-biriga tutashib
o’sgan turli-tuman tuzilishga va shakllarga ega bo’lgan minerallar esa ko’p tarqalgandir.
Minerallar to’g’ri va noto’g’ri shakllarga ega bo’ladi.
Minerallar to’g’ri shaklli kristallar, jins orasidagi tarqoq donalar, zich donalar va
tuproqsimon massa, quyilma (oqiq), gard (nalyot), po’stloq (qobiq) va jelvak (tuguncha)
lar ko’rinishida uchraydi.
Yakka kristalli ko’rinishdagi minerallarning tashqi shakllari hilma-hil bo’lib,
ko’pincha; 1) teng hajmli shakli (pirit); 2) ignasimon, stolbasimon, tolasimon (asbest,
rogovaya obmanka); 3) no’xatsimon yassi, bargsimon, tangasimon (slyuda, grafit, tal’k,
xlorit) shakllari tabiatda uchraydi.
Mineral to’dalari-agregatlari ba’zan maxsus ko’rinishda bo’lib,
kristall va
donalari o’ziga xos ravishda joylashgan bo’ladi, shunga qarab:
1) druzala-kristall o’simtalarning bir tomoni umumiy asosga birikkan bo’lib, ikkinchi
tomoni qirralar hosil qilib o’sadi; 2) dendritlar-daraxtsimon shaklli minerallar; 3)
konkrestiya-minerallarning yumaloq shakldagi to’plami; 4) oolitlar-no’xatga o’xshash
donachalar to’plami; 5) jeodalar-jinslar qovaqlarining
ichki devorlariga turli
minerallarning konstentrik va qatlamli ko’rinishda to’planishidan hosil bo’ladi.