34
teksturalidir. Zichligi 2,9-3,1 g/sm
3
mustaxkamligi 80-360 MPa. Gabbro o’ta
mustaxkam jins bo’lib, qurilish xom ashyosi, bezak tosh sifatida va xaykaltaroshlikda
keng ishlatiladi. Shunday konlardan biri Toshkent viloyatining tog’li xududida-Aqchin
konidir.
Bazalt –gabbroning
effuziv turi, qora, qoramtir kulrang, zich, ayrim xollarda
g’ovakli jinslardir. Strukturasi ko’zga ko’rinmas darajada kristalli yoki mayda kristalli.
Teksturasi massiv juda kam-g’ovakli. Tarkibida olivin, avgit va plagioklaz uchraydi.
Zichligi 3,0-3,3 g/sm
3
, o’ta mustaxkam jins bo’lib, mustaxkamligi 300-350 MPa,
ba’zida 500 MPa xam bo’ladi. Nurashga juda chidamli. Inshoot devorlarini bezashda,
ko’chalarni qurish va yo’llarni qoplashda ishlatiladi.
Diobaz –gabbroning tomirsimon xili xisoblanadi. Rangi to’q kulrang, yashil,
qora. Strukturasi o’rtacha
va mayda donador, massivi teksturali. Tarkibi bo’yicha
bazaltga o’xshash, lekin plagioklaz va avgit ko’pchilikni tashkil etadi. Zichligi 2,7-2,9
g/sm
3
, mustaxkamligi 100-210 MPa. Nurashga chidamli, qurilish xom ashyosi sifatida
keng ishlatiladi.
Ultra asosli jinslarga piroksenit, peridotit, dunitlar kiradi va tarkibida dala shpati
va kvarst deyarli uchramasligi bilan boshqa jinslardan farq qiladi.
Piroksenit –to’q yashil, qora, to’la kristallangan, massiv jins. Asosan piroksen va
olivindan tashkil topgan. Zichligi 3,0-3,4 g/sm
3
, mustaxkamligi 250-300 MPa. Qurilish
xom ashyosi sifatida keng ishlatiladi.
Peridotit –to’la kristallangan, yirik donali, massiv to’q kulrang,
qoramtir tusli
jins. Olivin va qisman piroksendan tashkil topgan. Zichligi 3,0-3,4 g/sm
3
, o’ta
mustaxkam jins. Qurilish xom ashyosi sifatida keng ishlatiladi.
Dunit –to’q yashil yoki sarg’ish-yashil tusdagi o’rta va mayda donador, mayda
kristalli massiv jins. Asosan olivindan tashkil topgan. O’ta mustaxkam jins, qurilish
xom ashyosi sifatida va olovga chidamli g’isht ishlab chiqarishda ishlatiladi.