|
Mexanik cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi4.5.2. Mexanik cho’kindi tog’ jinslari va qurilishda ishlatilishi.
Mexanik cho’kindi tog’ jinslari metomorfik, magmatik yoki cho’kindi tog’
jinslari nurashi natijasida hosil bo’lgan turli kattalikdagi zarrachalar yig’indisidan
iborat. Cho’kindi tog’ jinslari zarralarining katta-kichikligiga va ularning bog’langan-
bog’lanmaganligiga ko’ra; a) zarrachalari bog’lanmagan va b) zarrachalari bog’langan
chaqiq cho’kindi tog’ jinslari guruxlariga bo’linadi.
Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari. Bu guruhga yirik
zarrachalarning diametri 0,05 mm va undan ham katta, ya’ni tarkibida valun /katta
yumaloq tosh/, xarsang tosh, shag’al, graviy, sheben, dresva /o’tkir qirrali mayda
shagal/ va bir-biriga puxta hamda jips yopishgan stementlangan xar-xil ulchamli
shag’allardan iborat bo’lgan konglometrlar, brekchiya, qumtoshlar va boshqalar kiradi.
Zarrachalari bog’lanmagan chaqiq cho’kindi tog’ jinslari zarralarining o’lchamiga
ko’ra klassifikastiyalanadi. 4.1-jadvalda keltirilgan zarrachalar tog’ jinsi tarkibida 50%
dan ortig’ini tashkil qilsa, shu zarraning nomi tog’ jinsiga beriladi. Masalan, qumning
tarkibida 1-2 mm kattalikdagi zarrachalar 50% dan ortiq bo’lsa, u qum-yirik qum deb
ataladi. Umuman yuqorida keltirilgan zarrachalari bog’lanmagan cho’kindi tog’ jinslari
nam va quruq holatda bo’lishiga qaramay ularning xususiyatlari bir xildir. Ular yaxshi
siqilmaydi, shuning uchun inshootlarga poydevor hisoblanadi.
Zarrachalari bog’langan chaqiq cho’kindi tog’ jinslariga gil, mergel /gil va kalstiy
karbonat aralashmasi/, supes, suglenok, gilli slanestlar, lyoss va lyossimon tog’ jinslari
kiradi. Gil deb mayda /diametri 0,002 mm kichik/ zarrachalardan iborat va ko’p
miqdorda suvni /3 dan 60% gacha/ shimib olish qobiliyatiga ega bo’lgan tuproq mineral
massalar to’plamiga aytiladi. Gil quriganda uning xajmi kamayib yoriladi. Gil suv
o’tkazmaydi, boshqa jinslarga nisbatan petrografik tarkibi jihatidan oddiy
alyumosilikatlardan iborat bo’lib, unga temirning tuzli okisdlari va boshqa minerallar
aralashgan bo’ladi. Umuman gillarning tarkibi juda ham o’zgaruvchan bo’ladi. Gillar
o’z tarkibiga qarab, yoki plastik bo’lmaydi yoki yuqori darajada plastik bo’ladi.
Gillarning kelib chiqishi turlichadir. Muzlik gillar, dengiz gillari, okean gillari va
boshqa gillar bo’ladi. Eng ko’p gil yotqiziqlari dengizda hosil bo’ladi.
|
| |