40
Yaqin paytlarda tog’ jinslarida kavernalar, yorig’liklar bo’lsa, bu tog’ jinslar
ustida qurilish olib borib bo’lmaydi deyilar edi. Buning asosida inshoot qurilgandan
keyin (GES) bu yoriqliklar kengayishi mumkinligi ko’zda tutilar edi.
Keyingi paytlarda bu yoriqliklarning kengaymasligi, kengaysa xam juda sekin
borishi aniqlanadi, bu esa tog’ jinslaridagi keng ko’lamda foydalanishga imkon yaratadi.
Qurilish olib borganda, bu tog’ jinslarining yotish chuquriligini, qalinligini, suvda
eruvchanligini chuqur o’rganish kerak. Bundan tashqari inshoot qurilib foydalanish
davrida, tuzning eruvchanligini kamaytiradigan inshootlar qurish kerak.
Tog’ jinsining erishi faqatgina uning erish qobiliyatigagina emas, balki erituvchi,
ya’ni suvning miqdoriga ham bog`liq bo’ladi. Agar eruvchan tog’ jinsi erimaydigan tog’
jinsi bilan qoplangan bo’sa, u holda uning erishi kamayadi.
Shuning uchun bunday tog’ jinslari tarqalgan yerlarni suvdan saqlash uchun har
xil suvda erimaydigan ekranlardan foydalaniladi.
Yer osti suvlari bilan ta’sirini oldini olish uchun kanavalar quriladi. Tog’
jinsining mustaxkamligiga yer usti suvidan tashqari yer osti suvlari ya’ni gidrogeologik
sharoit ham ta’sir qiladi. Yer osti suvlari tog’ jinslari g’ovakliklarida harakat qilib,
yoriqlik va g’ovakliklarni kengaytiradi va karst g’orliklarini hosil qiladi. Buning uchun
har xil stement moddalari bilan hosil bo’lgan yoriqliklarni to’lg’azish kerak.