Minerallarning kimyaviy xossalari




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/55
Sana30.01.2024
Hajmi3,12 Mb.
#148645
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
3.3. Minerallarning kimyaviy xossalari. 
 
Tabiiy minerallar kimyoviy elementlar yoki birikmalardan tuzilgan. Tabiatda 
izomorf aralashmali va suvli birikmalardan tashkil topgan minerallar keng tarqalgan. 
Minerallarni kimyoviy analiz qilish orqali ularning empirik va struktura 
ko’rinishdagi kimyoviy formulalarini yozish mumkin. Empirik formula yordamida 
mineral tarkibiga kiruvchi elementlarning miqdoriy nisbati aniqlanadi. Masalan, 
kaolinit: Al
2
O
3

2SiO
2

2H
2
O Minerallarning struktura formulasi esa elementlar 
nisbatidan tashqari mineral strukturasida ularning o’zaro bog’lanish xarakterini ham 


22 
ifodalaydi. Masalan, kaolinit mineralining struktura formulasi quyidagi ko’rinishda 
yoziladi: 
Al
4
(Si
4
O
10
)(OH)
8
Mineral tarkibidagi turli-tuman aralashmalarni kimyoviy formulada ifodalab 
bo’lmaydi. 
Minerallar izomorfizm (teng shakkli) va polimorfizm (ko’p shakkli) xossalarga 
ega. Izomorfizm har xil tarkibli kristallangan moddalarning kristall strukturasi bir xil 
bo’lib, tarkibi uzluksiz o’zgaruvchan aralashmalar hosil qilish qobiliyatidir. Masalan, 
bir valentli natriy va kaliy molekulalarini ikki valentli kalstiy, magniy, temir va uch 
valentli alyuminiy, temir va boshqalar bilan o’rin almashishi. Shuningdek murakkab 
molekulali izomorf birikmalar ham uchraydi. 
Izomorf birikmalarning ximiyaviy tarkibi ma’lum bir chegarada o’zgarsa ularning 
ximiyaviy 
formulasi 
quyidagi 
ko’rinishda 
yoziladi. 
Masalan, 
(Mg,Fe)SiO
4
minerallarning formulasida Mg va Fe ionlari o’zaro o’rin almashadi. Nisbatan 
murakkab izomorf birikmali labrador minerallarning ximiyaviy formulasi esa qattiq 
eritmalar albit Na[AlSi
3
O
8
] va anortit Ca[Al
2
Si
2
O
8
] lardan iborat. Shunga ko’ra labrador 
formulasi quyidagicha yoziladi: 
n Ca(Al
2
Si
2
O
8
)(100-n)

Na(Al
Si
3
O
8

Polimorfizm deb muayyan kristall moddaning tashqi omillarning (asosan 
temperaturaning) o’zgarishi bilan kristall strukturalari shaklini shunga bog`liq ravishda 
fizik xususiyatlarini ham bir yoki bir necha marta o’zgartira olish qobiliyatiga aytiladi. 
Masalan, uglerodning poliform turlariga olmos va grafitni ko’rsatish mumkin. Ularning 
tarkibi bir xil bo’lsa xyam fizik xususiyatlari bir-biridan keskin farq qiladi. 
Minerallar tarkibida suv ham uchraydi. Suv minerallar tarkibida qanday yo’l bilan 
ushlanib turishga qarab:
1) Kristallangan modda tuzilishida ishtirok etmaydigan erkin suv; 
2) Minerallar kristall strukturasiga kiradigan kristallizastion yoki bog’langan suvga 
bo’linadi. 
Mineraldagi erkin suv (steolit, kolloid, gidroskopik) mineral moddalarning 
kristall tuzilishida bevosita ishtirok etmasligi bilan xarakterlanadi. U mineralni 
qizdirilganda 110-400
0
S temperatura oralig’ida ajralib chiqadi. 
A.G.Betextin ma’lumotiga ko’ra kristall strukturasidagi "Bog’langan suv" N
2

molekulasi shaklida bo’lib, shu strukturada qat’iy belgilangan joylarni egallaydi. Suv 
molekulalarining miqdori boshqa tarkibiy qismlar bilan oddiy nisbatlarda bo’ladi. Misol 
tariqasida quyidagilarni ko’rsatish mumkin. 
Na
2
Co
3

10H
2
O (soda), CaSO
4

2H
2
O (gips), Ni
3
[AsO
4
]
2

8H
2
O (annabergit),
Al
2
[PO
4
][OH]
3

5H
2
O (vavellit). 
Demak, suv molekulalari struktura birliklari sifatida minerallarni tuzuvchi qandaydir 
ionlar atrofida muayyan koordinastiyalarda joylashib o’ziga xos kompleks ionlar hosil 
qiluvchi birikmalardir 


23 
Minerallarning klassifikastiyalashda ularning kimyoviy tarkibi asos qilib olinadi. 
Shuningdek minerallarni kimyoviy tarkibiga qarab klassifikastiyalashda ularning 
struktura belgilariga ham e’tibor beriladi. 

Download 3,12 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish