24
(SaSO
3
) ayniqsa ko’p tarqalgan bo’lib, u asosan dengiz cho’kindisidir. Kislota, suv
ta’sirida eriydi va mustaxkamligi susayadi.
Sulfatlar
sinfiga angidrit, gips, barit, stelestin, alunat, mirabillit va boshqa
minerallar kiradi. Bu minerallar sulfat kislotasi (N
2
SO
4
) ning tuzlari hisoblanadi.
Tabiatda 260 dan ortiq sulfat minerallar aniqlangan. Ular juda qattiq bo’lib, och rangi
bilan ajralib turadi. Suvda yaxshi eriydi. Litosferada gips va angidrit tog’ jinslari ko’p
tarqalgan. Angidrit suv ta’sirida gipsga aylanadi va o’z hajmini 33% ga oshiradi. Sulfat
mineraliga boy bo’lgan tog’ jinslari binokorlikda, haykaltaroshlikda va xalq xo’jaligini
boshqa sohalarida keng ishlatiladi.
Volframatlar volfram kislotasi (N
2
WO
4
) ning tuzlari tarzida uchraydi. Ular
tabiatda kam tarqalgan. Asosan yuqori temperaturali skarn
va gidrotermal jarayonlar
ta’sirida hosil bo’ladi. Ularga volframit va sheelit misol bo’la oladi.
Nitratlar azot kislotasi (HNO
3
) ning suvda oson eriydigan tuzlari bo’lib, yer
qobig’ida juda kam tarqalgan. Tabiatda nitratlar natriy va kaliy selitrasi sifatida biogen
yo’l bilan organik qoldiqlarning biokimyoviy parchalanishidan hosil bo’ladi. Bunday
jarayonlar issiq, quruq-kontinental iqlimli o’lkalarda sodir bo’ladi. Nitratlar azotli
o’g’itlar olishda va kimyo sanoatida ishlatiladi.
Silikatlar kremniy va alyumokremniy kislotalarining tuzlari hisoblanib tabiatda
keng tarqalgandir. Ular magmatik va metomorfik jinslarning tarkibiy qismini tashkil
etib, qobig’ining 16-20 km chuqurlik joylarida ham uchraydi. Akademik A.S.
Fersmanning hisobiga ko’ra silikatlar yer qobig’ining 75% ni egallaydi.
Silikatlar
tabiatda ma’lum bo’lgan hamma minerallarning uchdan bir qismi (800 ga yaqini) to’g’ri
keladi. Silikatlar sinfiga kiruvchi minerallarni tuzilishi va tarkibini umumiyligini
hisobga olgan holda dala shpati, piroksen, amfibol, slyuda, olivin, tal’k,
xlorit va gil
mineralli gruppalarga ajratish mumkin. Silikatli minerallarning ayrimlari muhim
qazilma boylik sifatida ishlatiladi.