1.3. Yerning issiqlik rejimi. Yer issiqlikni ikki manba; tashqi-quyosh radiastiyasidan va ichki radiaktiv
elementlarning yer qa’rida parchalanishidan ajralib chiqadigan issiqlikdan oladi.
Quyosh nuri litosferaning 20-25 m chuqurligigacha yetib boradi. Insoniyat,
o’simlik va hayvonat dunyosi hayoti uchun uning ahamiyati beqiyosdir.
Temperaturaning sutka davomida (kechasi va kunduzi) cho’l zonalarida o’zgarishi 30-
40
0
ni, yil davomida esa 100
0
ni tashkil etadi. Bunday o’zgarishlar jinslarni yorilishiga,
bo’shashishiga va fizik nurash jarayonini rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Yer qobig’ini 2-40 m chuqurligida temperatura sutka va fasl davomida o’zgarib
turadi, ya’ni qish faslida quduq va tog’ shaxtalari ichida temperatura yer yuzasiga
nisbatan yuqori, yozda esa buning aksi bo’lib u yerda temperatura yer yuzasidan ancha
past bo’ladi. Temperaturaning tog’ jinslarida mavsum davomida o’zgaradigan
chuqurligi mavsumiy o’zgaruvchi zona deb ataladi (1.2.rasm 1a, b). Ma’lum bir
chuqurlikda esa issiqlik har doim bir xil temperaturada bo’ladi. Bu zonada tog’
jinslarining temperaturasi asrlar davomida o’zgarmaydi va u yer yuzasidagi
temperaturaning o’rtacha yillik miqdoriga teng bo’ladi (1.2-rasm, II-zona). Bu zona
doimiy temperaturali zona deyilib u taxminan 15-40 m chuqurlikgacha boradi. Doimiy
temperaturali zonadan yerning ichkarisi tomon temperatura oshib boradi va u
temperaturasi oshib boruvchi zona deb ataladi (1.2-rasm, III-zona). Har 100 m
chuqurlikda temperatura o’rta xisobda 3
0
S ga oshadi.
1.2-rasm.
Vertikal yo’nalishda temperaturaning bir gradusga ortadigan oralig’i geometrik
bosqich deb ataladi. Uning miqdori turli uchastkalarda har xil bo’lib 20 m dan 50 m
gacha o’zgaradi. Har 33 m chuqurlikda temperatura o’rta hisobda 1
0
S ga ortadi va u
geometrik gradient deb ataladi. Masalan, chuqurligi 4570 m bo’lgan burg’u qudug’idagi
jinslar temperaturasi 130-132
0
S ga teng.
Yer qaridagi har bir gramm tog’ jinsi tarkibida o’rta hisobda 6
⋅
10
-5
g uran bor.
Uranning million yil davomida parchalanishidan 10 kkal. issiqlik ajralib chiqadi. Agar
bu qiymatni yerning butun massasi uchun qabul qiladigan bo’lsak, u holda hosil bo’lgan
issiklik miqdori yerning o’zidan yo’qotadigan issiqligidan 300 marotaba oshib ketgan
14
bo’lar edi. Lekin chuqurlik oshgan sari radiaktiv moddalar miqdori ham kamayib boradi
va 1200 km da u butunlay uchramaydi. Radiaktiv elementlarning parchalanishidan
ajralib chiqadigan issiqlik yer hayotining muxim faktoridir.