12
yuzasining relefi tog’, tekislik va dengiz hamda okean cho’kmalari rel’efidan iborat.
Rel’efning shakli va uning hosil bo’lishini geomorfologiya fani o`rganadi.
Yerning chuqur qismlarining tuzilishini o’rganish hozirgi kunda ham murakkab
masalalardan biri hisoblanadi. Geofizika fani yutuqlariga asoslanib yer qa’rida zilzilalar
va yirik portlashlardan hosil bo’ladigan seysmik to’lqinlarni tarqalishini, yer yuzasidagi
jinslarning tortishish kuchi qiymatini o’zgarishini, yerning magnit maydonini o’rganish
asosida planetamizning ichki tuzilishini fikrlashimiz mumkin.
Litosferaning yuqori qismi qalinligi 10-15 km dan iborat bo’lgan cho’kindi
jinslardan tuzilgan. Uning ostida qalinligi 6-50 km li granitli qatlam joylashgan. Uning
eng qalin qismi Pomir va Alp tog’lari ostida uchraydi. Okean cho’kmalari
ostida esa
granitli qatlam qalinligi juda ham oz bo’lib ayrim joylarda butunlay uchramaydi.
Keyingi bazalt qatlam qalinligi 30 km gacha bo’lib, uning maksimal qalinligi materik
tekisliklariga to’g’ri keladi.
Yerning bu qatlam tarkibi kremniy va alyuminiy elementlariga boy bo’lgani
uchun sial qobiq deb ataladi. Bu qobiq cho’kindi jinslar
qatlami bilan birgalikda
litosferani hosil qiladi. Litosferaning umumiy qalinligi 60-70 km (1.1-rasm.)
1.1-rasm.
Geofizik olimlarning keyingi paytlarda olib borgan izlanishlari natijasida granit
va bazal’t qatlamlar tarkibini o’xshashligi sababli ular
orasidagi chegarani shartli
ravishda zichligiga qarab aniqlash mumkinligini aytishmoqda.
Litosfera ostida tarkibi kremniy va magniyga boy bo’lgan asos jinslardan tashkil
topgan peridotit qobiq joylashgan. Bu qobiqdagi jinslarning zichligi 3,3-4,5 g/sm
3
ga
teng bo’lib qalinligi 900 km gacha boradi.
Oraliq qobiq 2900 km chuqurlikkacha davom etib zichligi 5,3-6,5 g/sm
3
bo’lgan
jinslardan tuzilgan.
Yerning markazini yadro qobig’i tashkil etadi. Uning zichligi 9,9 dan 11,0 g/sm
3
gacha bo’lib, 2900 km chuqurlikdan boshlab keskin oshib boradi. Yadro qobig’ining
temperaturasi 2000-2500
0
S.
Yerning yadro qismini tashkil etuvchi moddalarning agregat holati yaxshi
o’rganilmagandir. Olimlardan Lejandrning fikricha moddalar yadroda qattiq.
Goldshmidt gipotezasiga ko’ra suyuq holatda bo’lishi lozim.
Yadrodagi moddalarning
o’ta zich tuzilganligi yuqori bosim ostida yuzaga kelgan.