7
XVIII asrdan keyin geologiyaning mustaqil bo’limlari fan darajasiga ko’tarildi.
Ularning tarkib topishida rus olimlari V.M.Severgin, G.D.Ramanovskiy,
A.P.Karpinskiy, M.V. Mushketov, V.A. Obruchev, A.D. Arxangelskiy, I.M. Gubkin;
uzbek olimlari X.M. Abdullaev, X.N. Boymuxamedov, I.M.Isamuhamedov, I.X.
Hamroboev, I.M. Mirxo’jaev va boshqalarning mineralogiya, petrografiya,
kristallografiya, geomorfologiya, geofizika, tarixiy va dinamik geologiya, tektonika
sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari katta ro’l o’ynaydi.
Gidrogeologiya fanining rivojlanishida olimlardan N.F. Pogrebov, K.N.
Kamenskiy, A.N. Semixatov, A.M. Ovchinnikov, O.K. Lange, N.I. Tolstixin, N.A.
Kenesarin, M.M. Krilov, V.L. Dmitrev, N.N. Xojiboev, S.Sh. Mirzaev, A.N.
Sultonxo’jaev, A.S. Xasanov va boshqalarning ro’li salmoqlidir.
Injenerlik geologiyasi fanining rivojlanishida rus olimlari F.P.Savarenskiy,
M.M. Filotov, V.V. Oxotin, N.V. Kolomenskiy, I.V. Popov, V.A. Priklonskiy, N.n.
Maslov, N.Ya. Denisov, E.M. Sergeev; o’zbek olimlari G.O. Mavlyanov, E.V.
Mavlyanov, A.I. Islomov, E.V. Qodirov, K.P. Pulatov, S.M. Qosimov, M.Sh.
Shermatov, .Z. Nazarov, Yu.I. Irgashev va boshqalarning olib borgan samarali ilmiy
tadqiqot ishlari muxim ro’l o’ynaydi.
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi mutaxasislari tabiiy qurilish xom
ashyolarini qazib olinadigan yer po’stining eng yuqori qatlamlari tuzilishini mineral
va tog’ jinslarining turlarini, tarqalishini, yotishini va ularning tabiiy qurilish xom
ashyolari ishlab chiqarishdagi o’rni, hamda tabiiy qurilish xom ashyolari tarqalgan
xududlardagi yer osti suvlarining turlarini, tarqalish qonuniyatlarini, bu xududlarda
tarqalgan geologik jarayon va hodisalarni bilishi, bu ma’lumotlardan qurilish ishlab
chiqarish texnologiyasi jarayonida to’g’ri foydalana olish kerak.
Shuning uchun "Geologiya, geomorfologiya va petrografiya" asoslari fani
talabalarning o`quv rejasiga kiritilgan.
Mazkur qo’llanmada geologiyaning qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi
bilan uzviy bog`liq bo’lgan sohalari: Mineralogiya, kristallografiya, petrografiya,
dinamik geologiya, tarixiy geologiya va injenerlik geologiyasi to’g’risida ma’lumot
berilgan.