• Geomorfologiya
  • ГеолМинПетрг янги




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/55
    Sana30.01.2024
    Hajmi3,12 Mb.
    #148645
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
    Tarixiy geologiya- sayyoramizning uzoq tarixiy rivojlanishini va o’tmishini, 
    unda bo’lib o’tgan o’zgarishlarni va bu o’zgarishlarining sodir bo’lishiga sababchi 
    bo’lgan jarayonlarni, Yer qobig’ini tashkil etuvchi tog’ jins qatlamlarining yer 
    qobig’ida tarqalishi, yotish sharoitlarini taxlil qiladi va o’rganadi. Bu fan katta amaliy 
    axamiyatga ega bo’lib, tabiiy qurilish xom ashyolar konlarini qidirib topishda 
    muhimdir. 
    Tektonika- grekcha so’zdan olingan bo’lib- “tuzilish” degan ma’noni 
    bildiradi, ya’ni Yerning litosfera qobig’ining tuzilishini o’zgartiruvchi jarayonlarni 
    o’rganadi. Tog’ jinslarining yotish sharoitini o’zgartiruvchi va ular qatlamining 
    deformatsiyalanishiga sababchi bo’lgan, yerning qismida bo’ladigan xarakatlarni 
    o’rganadi. 
    Geomorfologiya- grekcha geo-yer, morfo-shakl, logos-ilm, fan degan 
    ma’noni bildirib, yer yuzasining shakli, ya’ni uning rel’efi haqidagi fandir. Yer 
    rel’efini o’rganish uning asosiy vazifasidir. 
    Geofizika- yer qobig’idagi tog’ jinslarining fizik xususiyatlarini (seysmik 
    to’lqinlarning tarqalish tezligi, elektr toki o’tkazuvchanligi va qarshiligining 
    o’zgarishi, radiaktivligi, magnitli xususiyatlari ) o’rganadigan fan 


    5
     
     
    Mineralogiya fanining maqsadi va vazifasi. 
    Yer qatlamlarining eng yuqori qismini tashkil etuvchi tosh yoki qattiq 
    qobig’i- litosfera tog’ jinslaridan tashkil topgan. Tog’ jinslar esa o’z navbatida  
    mineral zarrachalardan tashkil topgandir. 
    Mineralogiya - minerallar haqidagi fan bo’lib, uning maqsadi 
    minerallarning paydo bo’lishini, ichki tuzilishini, kimyoviy tarkibini va fizik 
    xususiyatlarini o’rganishdir. Mineralogiya geologiya fanining eng qadimgi 
    tarmoqlaridan hisoblanadi. 
    Tog’ jinslarining tuzilishi, xossa va xususiyatlari, ularni tashkil etuvchi 
    minerallarning xossa va xususiyatiga bog’liqdir. Shu sababli minerallarni o’rganish, 
    tog’ jinslarini o’rganish va ulardan xalq xo’jaligida foydalanish usullarini, ayniqsa, 
    tabiiy qurilish materiallarini qidirish va topishda katta axamiyatga egadir. 
    Shuning uchun mineralogiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
    1)
    Minerallar paydo bo’lishida muhim bo’lgan fizikaviy, kimyoviy 
    jarayonlarni o’rganish; 
    2)
    Minerallarning yer qa’rida tarqalish qonuniyatlarni o’rganish; 
    3)
    Minerallarning tuzilishni, xossasini, kimyoviy tarkibini o’rganish va xalq 
    xo’jaligida ishlatish va qazib olish usullarini belgilash; 
    4)
    Tabiiy minerallarning paydo bo’lish jarayonlarini o’rganib, xalq xo’jaligi 
    uchun muhim bo’lgan minerallarni ishlab chiqarish, shu jumladan qurilish 
    materiallarini ham ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. 

    Download 3,12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Download 3,12 Mb.
    Pdf ko'rish