TA’LIM OLUVCHILARNING IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ETIKASI




Download 0,53 Mb.
bet46/48
Sana13.05.2024
Hajmi0,53 Mb.
#230247
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

TA’LIM OLUVCHILARNING IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ETIKASI
Internetning asosiy yutugʻi shundaki, u axborot tashuvchisi hisoblanadi. Axborot esa hozirgi globallashuv davrida neft, gaz, oltin va shu kabi qimmatbaho tabiiy boyliklardan yuqoriroq baholanadi. Axborotga ega boʻlgan odam hamma narsaga ega boʻladi. Biroq borgan sari Internet oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifani emas, aksincha undan hech kim kutmagan narsalarni bajarmoqda. Unda joylashgan ma'lumotlar ham doimo foydali boʻlavermaydi.
Internet tarmogʻi ilk bora paydo boʻlganda u aynan axborot tarmogʻigina boʻlgan. Undan boshqa xususiyatlarni talab qilishmagan. Buni amerikalik olimlarning oʻz oldiga ma'lumotlarni uzatishning xavfsiz tizimini yaratish vazifasi qoʻyilgani bilan ham izohlash mumkin.
Bu tarmoq ARPANET(Advanced Research Projects Agency Network) nomini oladi va oʻtgan asrning etmishinchi yillarida ishlay boshlaydi. U asta-sekinlik bilan oddiy odamlar faoliyatiga ham ta'sirini oʻtkaza boshlaydi. Bunga tobora kichikroq va arzonroq boʻla boshlagan kompyuterlarning keskin ravishda koʻpayishi sabab boʻladi. Ammo, 1984 yilda AQShda yangi universitet tarmogʻi NSFNet yaratilgach ARPANET oʻz muhimligini yoʻqota boshlaydi va 1990 yilda oʻzi haqida faqat xotira va tarixiy faktlarnigina qoldirib faoliyatini toʻliq toʻxtatadi.
NSFNet tarmogʻiga telefon liniyasi orqali ulanish imkoniyati paydo boʻlgach ilmiy hodim boʻlmaganlar, ya'ni oddiy insonlar ham undan foydalana boshlaydi. Bu esa tarmoq rivojlanishini yanada tezlashtiradi: 1993-yilda birinchi brauzer paydo boʻladi, 1995-yilda esa NSFNet oʻzining ilmiy ishlariga qaytadi va tarmoq marshrutizatsiyasini hozirda juda koʻp boʻlgan oddiy internet-provayderlarga qoldiradi.
Internet tarmogʻi borgan sari yangi odamlarni oʻziga jalb qila boshladi. Hozirga kelib esa u eng tez rivojlanayotgan OAV lardan biri boʻlib, yaqin kelajakda televidenie, radio va gazetalarni ham oʻrnini bosishi mumkin va bosyapti ham. Albatta, toʻliq emas, ammo shunisi aniqki, u axborotlarning asosiy manbaiga va kelajak avlodlar uchun asosiy koʻngilochar joyiga aylanadi. Shuningdek, Internet umumiydir va u hech kimga tegishli emas. Bu esa uning asosiy yutuqlaridan biridir.
Internet va uyali aloqa vositalari orqali yoshlar ongiga singdirilayotgan jaholat, yovuzlik va ma'naviy buzuqlikdan tashvishu xavotirga tushilayotgani, bu toʻgʻrida televidenie va matbuotda bejizga bong urilayotgani yoʻq.
Maktablarda, qoʻyinki, barcha ilm dargohlarida "Odobnoma" darsi oʻtilayati. Shu saboqlarda yoshlarga telefondan qanday foydalanish, u orqali jamoat joylarida ovozni balandlamasdan, qoʻpol, haqoratli soʻzlarni ishlatmasdan gaplashish, muloqot madaniyatini oʻqituvchilar kengroq, asosli tushuntirsalar, maqsadga muvofiq boʻlardi.
Endi bir oʻylab koʻraylik, shu zaylda rivojlanish bizga kerakmi? Gʻarbda tarmoqda koʻp vaqtini oʻtkazayotgan insonlarning oʻlimi haqidagi xabarlar ham etib kelyapti. Internet oʻziga xos narkotikka aylanib boryapti.
Agar inson kompyuter qarshisida kecha-yu kunduz oʻtirsa, bu hali uni kompyuterga bogʻlanib qolishligi jihatidan ruhiy kasallanganligini bildirmaydi. Agar bu insonning kasbi monitor qarshisda doimo oʻtirishni talab qilsa yoki nogiron insonning boshqa yoʻl bilan muloqot qilish, oʻqish, ishlashga imkoniyati boʻlmsa, bu tushunarli va normal holat. Unda normal boʻlmagan holat qaysi? “Inson kasallangan, u kompyuterga, virtual oʻyinlarga, onlayn muloqotlarga bogʻliq”, deb aniq aytish uchun quyidagi shartlardan hech boʻlasa bir nechtasi bajarilishi lozim deb oʻylayman:
• Inson kompyuter qarshisida oʻtkazadigan vaqtini boshqa ishlarga, jumladan, sayrga chiqishga, ota-onasi, doʻstlari, turmush oʻrtogʻi bilan boʻladigan jonli suhbatga, darslarni, uy ishlarini bajarishga va shu kabi ishlarga almashtira olmaydi.
• Monitor qarshisida boʻlmagan vaqtlarida qattiq bezovtalik sezadi, jahldorlik, sal gapga siltab tashlash holati kuzatiladi. Ayrim hollarda jismoniy azoblar (bosh ogʻrigʻ, behuzur boʻlishi va hokazo) ham boʻladi.
• Oddiy koʻchadagi suhbatda ham kompyuterlar bilan bogʻliq atamalarni ishlatadi.
• Kompyuter oldida boʻlmaganda inson klaviaturada ishlayotgandek yoki sichqonchani boshqarayotgandek harakatlarni amalga oshiradi; uxlayotganida kompyuteri buzilib qolganligi haqida yoki undagi ma'lumotlar oʻchib ketganligi haqida yomon tushlar koʻradi.
• Tarmoqda boʻlmagan inson doimo bezovta boʻladi: yangi elektron xat kelmadimikan, chatda yoki forumdagi biron-bir qiziqarli suhbatni oʻtkazib yubormadimikan, Internetda boʻlmagani uchun undan hech kim hafa emasmikan va hokazo (shu holat menda ham bor).
• Kompyuter oldida oʻtkazgan vaqtini inson hayotining eng yaxshi, baxtli, huzurbaxsh, osoyishta yoki hayajonli damlari deb biladi.
• Insondagi boshqa qiziqishlar yoʻqoladi, u oilasiga, maktabga ortiqcha e'tibor bermay qoʻyadi, ovqatlanish va uyqu uchun vaqtini umuman ajratmaydi.
• Agar kompyuter oʻyinlariga bogʻliqlik boʻlsa, ularni oʻynayotgan inson qahramonlar roliga kirishib ketadi, haqiqiy vaqt tushunchasini yoʻqotadi. Masalan, inson oʻzini oʻrnida tasavvur qilayotgan oʻyin qahramoni halok boʻlsa, bu inson ham oʻzini oʻldirishi mumkin.
Bu keltirilgan xususiyatlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, kompyuterlarga bogʻlanib qolishlik kasalligiga, asosan, oʻqishda orqada qoladigan va oʻrtoqlari koʻp boʻlmagan oʻsmirlar hamda 25-35 yosh oraliqdagi yakka holda hayot kechiruvchi, hayotidan va ishidan qoniqmaydigan erkaklar chalinadi. Ammo bu toʻliq beshga oʻqiydigan, sinf va maktab faoli boʻlganlar kompyuterlarga oʻrganib qolmaydi degani emas. Faqatgina ularda bunga chalinish imkoniyati kam boʻladi.
Bizning mamlakatda hali bunday psixologik kasalliklar boʻyicha deyarli hech qanday muammolar mavjud boʻlmasada, gʻarb davlatlarida aynan shu kasalliklar boʻyicha maxsus davolovchi markazlar tashkil etilgan. Menimcha, yaqin kelajakda Oʻzbekistonda han shunday markazlar tashkil etish kerak boʻladi. Sababi informasion texnologiyalar rivojlanishi va Internetning aholi oʻrtasida keng tarqalishi natijasida bu muammo dolzarb boʻlib qoladi.
Shu erda bir oʻxshatishni keltirish mumkin: kitoblar ham ilk bor vujudga kelganda ancha mashhur edi, avval jamiyatning yuqori qatlamlari orasida. Keyinchalik eng qashshoqlar ham sotib olmasada, kutubxonalardan olib oʻqish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Hozirga kelib esa kitoblarsiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Buni radio haqida ham, televidenie haqida ham, va nihoyat, Internet tarmogʻi haqida ham aytish mumkin.

6-rasm. Internet tarmogʻi etiketining asosiy qoidalari
Agar me'yorini bilsa, Internetni oʻzi hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Aynan ana shu me'yorni koʻpchilik odamlar bilishmaydi. Bu esa qaygʻuli oqibatlarga olib kelishi tayin. Axir kompyuter yonini tark etib biron-bir hiyobonda aylanish naqadar yoqimli holat, shunday emasmi? Bunga esa koʻpchilikda doim vaqt etmaydi.
Internet, shubhasiz, foydali va kerakli texnologiya – bir necha soniyalar ichida siz oʻzingizga kerakli ma'lumotlarni, rasmlarni topa olasiz, soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlasiz. Hozirgi kunga kelib ma'lumotlar almashish tezligi shu darajaga etdiki, endilikda biz Internetdan bemalol kinolarni, qoʻshiqlarni, oʻyinlarni, umuman xohlagan narsamizni yukalab olishimiz mumkin. Shuningdek, Tas-Ix ichida boʻlgan saytlardan umuman tekin, hech qanday trafiksiz katta hajmli ma'lumotlarni yuklash mumkin. Bir necha yilgina avval 10 gigabaytli qattiq diskni qanday toʻldirish muammosi mavjud boʻlgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib, hatto 500 gigabayt ham etmay qolayapti.

Download 0,53 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 0,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TA’LIM OLUVCHILARNING IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ETIKASI

Download 0,53 Mb.