Globallik mezonlari. Global muammolarning tasnifi Asosiy global muammolar tizimi




Download 62,37 Kb.
bet3/3
Sana13.05.2024
Hajmi62,37 Kb.
#228839
1   2   3
Bog'liq
Global muammolarning mezonlari va darjalari

Sog‘liqni saqlash. Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek atrof muhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat kasalliklar va atrof muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof muhit ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (avvalo elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi. Bu erda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‘lib, ular odamlar o‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, o‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan ko‘proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lish ehtimoli rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yuqoridir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda o‘lim bilan tugaganligi sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) hisobotiga ko‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 17,5 million inson vafot etgan. Ushbu ko‘rsatgich barcha o‘lim holatlarining 30 foizini tashkil qiladi. SHu jumladan, 7,6 million kishi yurak ishemik kasalligidan 5, 7 million kishi insult oqibatida hayotdan ko‘z yumgan3. Hozirgi vaqtda o‘rnatilgan internatsional aloqalar natijasida davlatlar o‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari, odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul xususiyat kasb etdi va ko‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, cho‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi sabablarini ham ayni shu erdan izlash lozim.
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi kasalliklar soni ko‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936) ayollarda bachadon saratoni kasalligini “papiloma” virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha umumiy saraton kasalligining 5%ini bachadon raki tashkil qilar, va har yili ikki yuz mingga yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham 2009 yildan 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligi bo‘yicha davlat dasturi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra barcha viloyatlarda skrining markazlari tashkil qilindi, ona va bola salomatligining profilaktikasi, “tez yordam” markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi, aholini notipik gripp kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. “Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida bolalarning 98 foizidan ortig‘i oldini olish mumkin bo‘lgan infeksiyalarga qarshi emlanmoqda. Buning natijasida difteriya, qizamiq kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. 2010 yilda yuqumli kasalliklar bilan og‘rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi 28 foiz, epidemik parotit 27 foiz, virusli gepatit 13 foizga kamaygani ana shunday tadbirlar samarasidir”2. Darhaqiqat, 1997 yilda 1 sonli yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot institutida yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi O‘zbekistonda (gippotit) odam organizmida sariq kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D, E viruslarini aniqlash imkonini yaratdi. “Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Onalar o‘limi darajasi 2 baravardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 baravar kamaydi....odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi”1. Zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi, surunkali sariq kasalligining oqibati bo‘lmish jigar serrozining kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib keldi. Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda.
Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. SHu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi. 1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun «yashil inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning mohiyati bug‘doy va sholining o‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish mo‘ljallandi. «YAshil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni qayta tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo bunday mamlakatlar uncha ko‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan. Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar va xurofiy aqidalar xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan o‘ta qoloq mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. SHuningdek, u odatdagi mayda xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini kuchaytirdi. «YAshil inqilob» eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi. O‘zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta yakkahokimligiga chek qo‘yilib, g‘alla, sholi, chorma mollarini etishtirishga alohida e’tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, g‘alla mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish hozirgi davrning global muammolari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki bu erda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo ba’zan «boy SHimol» va «qashshoq Janub» o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham tavsiflanadi. 1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof muhitni muhofaza qilishga qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik me’yorlar va bu bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi bilan izohlanar edi.
So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila boshladi. SHuningdek texnologik novatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli ham sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma’lumotli, malakali ishchi kuchini jalb qilishni taqozo etdi. SHu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar va jahon savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga amalga oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p miqdorda xom ashyo resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi.
O‘zbekistonda esa, mustaqillik yillarida “...yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko‘paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Energetika va xom ashyo resurslari. YAna bir global muammo – insoniyatni energetika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko‘p sonli ziddiyatlar, shu jumladan harbiy mojarolar manbaiga aylandi. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol o‘ynaydi.
Mazkur resurslar tiklanadigan, ya’ni tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan tiklash mumkin bo‘lgan resurslarga (gidroenergiya, yog‘och, quyosh energiyasi va sh.k.) va miqdori mavjud tabiiy zahiralar bilan chegaralangan tiklanmaydigan resurslarga (neft, ko‘mir, tabiiy gaz, har xil rudalar va minerallar) bo‘linadi.
Hozirgi iste’mol sur’atlari saqlangan taqdirda tiklanmaydigan resurslarning aksariyati insoniyatga bir necha o‘n yillardan bir necha yuz yillargacha bo‘lgan muddat bilan o‘lchanadigan yaqin kelajakda foydalanishgagina etishi hisoblab chiqildi. SHuningdek mavjud zaxiralarning anchagina qismi murakkab sharoitda joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq rudalardan iborat.
YAqindagina odamlar aksariyat foydali qazilmalarni ochiq usulda yoki 600 m dan oshmaydigan chuqurlikda qazib olgan bo‘lsalar, bugungi kunda vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. Qulay joylardagi foydali qazilmalar tugab bormoqda va endilikda 8-10 km chuqurlikda yoki okean tubida joylashgan konlarni ishga solish vazifasi paydo bo‘lmoqda. Bu esa nafaqat ko‘p miqdorda kapital qo‘yilmalarni, balki ularni qazib chiqarish va qayta ishlash uchun yangi texnika va texnologiyalar yaratishni ham taqozo etadi. SHu sababli chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda insoniyat ixtiyorida mavjud resurslardan oqilona foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‘lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o‘lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi.
Bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‘q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim inson, balki butun insoniyat o‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Teyyar de SHarden yangi vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o‘lsa, uning o‘rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o‘limi hayotning davom etishiga to‘siq bo‘la olmaydi. Ammo butun insoniyat o‘lsa-chi?..». Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi.
Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir. Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti. Yangi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mo‘ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish ko‘rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini o‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa yo‘li yo‘q. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi nutqini tom maʼnoda har bir sohadagi yangilanish uchun muhim qadam deyish mumkin. Davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi boʻyicha yetti ustuvor yoʻnalish ilgari surildi. Xususan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, maʼnaviy-maʼrifiy sohalarni rivojlantirish, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida ustuvor vazifalar belgilab berildi. Yurtboshimiz tomonidan barcha sohalar qatori ekologik muammolarni hal etish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ham amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, iqlim oʻzgarishlari, ekologik muammolarni hal etishda kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, bu boradagi barcha saʼy-harakatlarni uygʻunlashtirish, global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish zarurligi taʼkidlab oʻtildi.
Masalan, yaqinda sodir boʻlgan qum boʻronlari yurtimizda ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiri ortib borayotgani, Orol dengizining qurishi bilan bogʻliq vaziyat tobora keskin tus olayotganini yana bir bor tasdiqlagani alohida taʼkidlandi.Shu oʻrinda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orol dengizining qurigan tubida oʻrmonlashtirish ishlarini olib borish yuzasidan uzoqni koʻzlab amalga oshirilgan ishlar bunday tabiiy ofatlarni yumshatishga, oldini olishga xizmat qilishini alohida taʼkidlash lozim. Prezidentimiz tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining minbaridan turib ilgari surgan barcha tashabbuslar qatori ekologiya sohasidagi takliflar ham dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinmoqda. BMT huzuridagi Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondining taʼsis etilishi hamda Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maxsus rezolyutsiyaning qabul qilinishi tom maʼnoda oʻzbek diplomatiyasining yutugʻi boʻldi.Bu borada maxsus rezolyutsiyasini hayotga tatbiq etishga doir tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozimligi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish kerakligi qayd etildi. Aytish joizki, Oʻzbekiston tashabbuslarni ilgari surish bilan birga global ekologik muammolarning milliy va mintaqaviy yechimi boʻyicha amaliy ishlarni roʻyobga chiqarmoqda. Jumladan, oʻtayotgan hafta davomida butun dunyo hamjamiyati tomonidan Glazgo shahrida Iqlim oʻzgarishi muammolari BMT anjumanida muhokama qilinayotgan bir vaqtda “Yashil makon” umummilliy loyihasiga start berilganligi mamlakatimizning xalqaro hujjatlar, xususan, Parij kelishuvi doirasida olgan majburiyatlarini samarali ijro etilishining yaqqol namunasidir.
Shu oʻrinda, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi va uning fraksiyasi maʼruzada ilgari surilgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda Yurtboshimiz taʼkidlaganidek, “bir musht boʻlib harakat qilishga” tayyor ekanligini alohida taʼkidlash lozim. Umuman olganda, davlatimiz rahbari tomonidan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi boʻyicha ilgari surilgan takliflarning roʻyobga chiqarilishi mamlakatimiz yanada taraqqiy etishiga, xalqimiz farovonligi taʼminlanishiga, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va O‘zbekiston ekologik harakati vakillari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy partiyalar va Ekologik harakatning o‘tgan davrdagi faoliyati tanqidiy ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq ko‘rsatib o‘tildi. Xo‘sh, o‘tgan davrda Ekoharakat hamda uning Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhi bundan qanday xulosalar chiqardi, boshqacha aytganda, faoliyatimizda qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi? Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish, atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash inshootlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
O‘tgan davrda Ekoharakat deputatlari guruhi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida bitta yangi qonun hamda 8 ta qonunni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalari ishlab chiqildi. Masalan, yangi tahrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”, Hayvonot dunyosini va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunlarqabul qilindi. Shuningdek, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”, “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihalari tayyorlanib, Qonunchilik palatasiga kiritish mo‘ljallanmoqda. Qonun loyihalarini ishlab chiqish, ular hayotiyligini ta’minlash maqsadida qonun ijodkorligi jarayoniga keng jamoatchilik, olimlar va ekspertlar jalb qilinayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Misol uchun, ushbu qonun loyihalarini ishlab chiqish jarayonida o‘tkazilgan 40 dan ortiq ishchi guruhlari tadbirlarida 230 dan zi±d taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Birgina yangi tahrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha 2017 yil iyul-avgust oylarida jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda o‘tkazilganmuhokamalarda 110 dan ortiq takliflar, fikr va mulohazalar olindi. Parlament hamda deputatlar faoliyati bilan yoshlarni keng tanishtirish, ularningEkoharakat deputatlari guruhi bilan doimiy muloqotini o‘rnatish maqsadida Ekoharakatning “Yoshlar qanoti” va O‘zbekiston ±shlar ittifoqi faollari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, ularni guruh yig‘ilishlariga jalb etish ishlari tizimli ravishda amalga oshirib kelinayotir. Parlament va deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish ham doimiy e’tiborimizda. Shu paytgacha 11 davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan bog‘liq faoliyati ustidan ana shunday nazorat yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, soha qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish, jamoatchi inspektorlarni o‘qitish va ular malakasini oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borildi. Masalan, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar hamkorligida yurtimizdagi 8982 ta mahalla fuqarolar yig‘inida zarur chora-tadbirlar bajarilib, har bir mahalla bo‘yicha ekologik nazoratning jamoatchi inspektorligiga nomzodlar zaxirasi shakllantirildi. Hozirgi paytda ularning sohaga oid bilim va malakasini oshirish choralari ko‘rilayotir. Sohaga tegishli qonunlar, davlat dasturlari, Prezident Farmon hamda qarorlari ijrosini o‘rganish bo‘yicha 10 dan ziyodnazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi. Shular asnosida respublikamizning barcha hududini qamrab olgan holda, sayyor yig‘ilishlar tashkil etilayotir. Misol uchun, Jizzax viloyatida “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, Buxoroda Dezinfeksiya stansiyasi bosh vrachi hamda “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyati direktorining termitlarga qarshi kurash va profilaktika chora-tadbirlarining ijrosi to‘g‘risidagi axboroti, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Prezidentimizning 2017 yil 18 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “2017 — 2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi”ning bajarilishi holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish yakuni yuzasidan tashkil etilgan sayyor yig‘ilish ana shular jumlasidan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni aholining iste’mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish qismining ijro etilishi yuzasidan Sog‘liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal xizmat ko‘rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitalari axboroti yuzasidan parlament eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Ayni chog‘da “Xavfli chiqindilarni transchegaraviy tashish va ularni yo‘q qilish ustidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o‘rganilib, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi eshituvi tashkil etildi. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, hudud aholisi salomatligini muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham harakat va uning deputatlar guruhi faollik ko‘rsatmoqda. Birgina misol: joriy yil 7-8 iyun kunlari “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzuida xalqarokonferensiya o‘tkazildi va Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi, Orolbo‘yi mintaqasining ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan loyihalar to‘plami ma’qullandi. Yirik sanoat korxonalarida vakillarimizni tayinlash bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilyapti, ya’ni atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga mansub 593 korxonada vakillarimiz ish boshladi. Qolaversa, 760 dan ortiq korxonalar faoliyati o‘rganildi. Tanishuvlar jarayonida ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jumladan, yosh avlod ongida ona tabiatni asrab-avaylash, unga daxldorlik hissini kuchaytirish bo‘yicha ham muayyan ishlar ro‘yobga chiqarildi. Ekoharakat va uning deputatlari guruhi tegishli vazirlik hamda idoralar hamkorligida yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qaratilganO‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” hamda Vazirlar Mahkamasi qaroriloyihalari ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etildi. Respublikamizning 7ta hududida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan ijtimoiy buyurtma doirasida aholining ekologik madaniyatini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga jalb etishga qaratilgan 350 dan ortiq targ‘ibot bannerlari o‘rnatildi. Yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’ruzalar to‘plami va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlandi. Shuningdek, suv, chiqindi muammolariga bag‘ishlangan videoroliklar tayyorlanib, markaziy telekanallarda namoyish etilmoqda. Umuman olganda, O‘zbekiston ekologik harakati oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqib, deputatlar guruhi bilan hamkorlikda o‘tgan bir yil davomida respublikamizning barcha hududida 111300 dan ortiq faollar ishtirok etgan 2500 ga yaqin amaliy-tahliliy tadbirlar o‘tkazildi. Vakillarimiz parlament a’zolari tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan o‘rganishlarda ham faol qatnashmoqda. O‘tgan davrda 3911 xonadonga kirilib, 10701 nafar fuqaro bilan muloqot o‘tkazildi. Natijada aholi tomonidan ko‘tarilgan 1100 dan ortiq muammolarning aksariyat qismi mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan joyida hal etildi. O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan chiqindilarni qayta ishlash jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish masalasiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, “SEMAK Equipment’s and Technology” MCHJ bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, Jizzax viloyatida investitsiya qiymati 400 ming AQSH dollariga yaqin, yiliga 25 ming tonna chiqindini qayta ishlaydigan korxona quriladi. Hozirgi paytda bunyodkorlik ishlari jadal olib borilyapti. Erishilgan ushbu yutuqlar o‘zimizniki. Oldimizda esa hali vazifalar ko‘p. Ekologik ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga qaratilgan “Ekologik ta’lim konsepsiyasi”ning qabul qilinishini jadallashtirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, suv zaxiralarini muhofaza qilish, suv iste’moli, suvlarning davlat hisobotini yuritish, suv xo‘jaligi inshootlariga zarar yetkazganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha qonun loyihalarini ishlab chiqish shular sirasidandir. Bundan tashqari, Orol muammosining salbiy ta’sirlarini bartaraf etish, hudud aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilash, bu boradagi mavjud kamchiliklarni xalqaro hamjamiyat va hamkor davlatlar moliyaviy ko‘magini jalb etgan holda hal etish istiqboldagi faoliyatimizda muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati er kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta’riflangan. Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi va 1975 yilda xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga aylandi.Alter-globallashuv (alter- globalizatsiya yoki alter-mundializatsiya sifatida ham tanilgan — fransuzcha altermondialisation va global adolat harakati bilan bir-biriga mos keladigan atamalardir) ijtimoiy harakat boʻlib, uning tarafdorlari global hamkorlik va oʻzaro taʼsirni qoʻllab-quvvatlaydi, lekin ular salbiy taʼsir sifatida tavsiflagan narsaga qarshi chiqadi. Atrof-muhit va iqlimni muhofaza qilish, iqtisodiy adolat, mehnatni muhofaza qilish, mahalliy madaniyatlarni himoya qilish, tinchlik va fuqarolik erkinliklari kabi insoniy qadriyatlarga koʻpincha zarar yetkazish yoki yetarli darajada targʻib qilmaslik uchun iqtisodiy globallashuvning umumiy tushunchasidir. ,Bu nom harakatning mashhur shioridan olingan boʻlishi mumkin, yaʼni Jahon ijtimoiy forumi shioridan chiqqan „Boshqa dunyo ham mumkin“ ehtimoli ham bor. Alter-globallashuv harakati neoliberal globallashuvning yoʻnalishi va qabul qilingan salbiy iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik oqibatlariga eʼtiroz bildirish uchun moʻljallangan kooperativ harakatdir[2]. Koʻpgina alter-globalistlar „mahalliy iqtisodiyotlarning barbod boʻlishi va halokatli gumanitar oqibatlardan“ qochishga intilishadi. Ushbu harakatning aksariyat aʼzolari „globallashuvga qarshi“ yorligʻini haqoratli va notoʻgʻri deb bilishadi, chunki ular global miqyosda inson faoliyatini faol qoʻllab-quvvatlaydilar va iqtisodiy globallashuvga qarshi emaslar. Buning oʻrniga ular oʻz harakatlarini xalqaro institutlar (Jahon Savdo Tashkiloti, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi va shunga oʻxshashlar) va yirik korporatsiyalar kabi oʻzlarini rivojlangan dunyoni boyitishga bagʻishlagan holda neoliberal globallashuvga muqobil sifatida qarashadi. Alterglobalistlar oʻz harakatlarining kam rivojlangan mamlakatlar, hukumatlari koʻpincha ularga qarshilik koʻrsatish yoki tartibga solish uchun juda zaif yoki juda korruptsiyaga ega boʻlgan mamlakatlarning odamlari va atrof-muhitiga zararli taʼsiri haqida nima deyishiga eʼtibor bermaydi. Buni kommunistlar tomonidan ilgari surilgan proletar internatsionalizmi bilan chalkashtirib yubormaslik kerak, chunki alterglobalistlar erkin bozorga qarshi chiqishlari shart emas, balki maʼlum biznes munosabatlari va siyosiy munosabatlar bilan tavsiflangan erkin bozor amaliyotlarining bir qismidir. Xulosa. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni engib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.
Download 62,37 Kb.
1   2   3




Download 62,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Globallik mezonlari. Global muammolarning tasnifi Asosiy global muammolar tizimi

Download 62,37 Kb.