|
II. BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA PEDAGOG XODIMLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA ATTESTATSIYADAN O'TKAZISH TARTIBI BO’YICHA USLUBIY ISHLAR
|
bet | 4/9 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 55,95 Kb. | | #146069 |
Bog'liq Maftuna menejmentII. BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA PEDAGOG XODIMLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA ATTESTATSIYADAN O'TKAZISH TARTIBI BO’YICHA USLUBIY ISHLAR
2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risida nizom
1-bob.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha lavozimlar va mutaxassisliklar nomenklaturasi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi (keyingi o‘rinlarda hududiy markaz deb ataladi) bilan tuzilgan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tadilar.
4. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan pedagog xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida o‘qishga bazaviy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjati nostrifikatsiyadan o‘tgandan keyin qo‘yiladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
buyurtma - davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida, Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslaridan o‘tishning 5 yilda kamida bir marta etib belgilangan davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va o‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantirilgan tinglovchilarning kontingenti;
buyurtmachi - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
buyurtmanoma - buyurtmachi tomonidan pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursiga qabul qilish uchun Hududiy markazga taqdim etiladigan va ushbu Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan pedagog xodimlar ro‘yxati;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi - yangi kasbiy bilimlar, mahorat, zamonaviy ko‘nikmalar hamda pedagogik faoliyatni yuritish uchun malaka talablariga muvofiq o‘quv-ta’lim jarayoniga talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan o‘qitish shakli;
malaka talablari - qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;
pedagog xodim - davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar;
pedagogning elektron portfoliosi - pedagogning shaxsiy yutuqlari, malaka darajasi va ilmiy-metodik ishlari qayd etilgan elektron to‘plam. Pedagog xodimning bilimi, kasbiy mahorati hamda o‘z ustida mustaqil ishlashi - uzluksiz malaka oshirish natijalarini baholashga ko‘maklashadi va uning kasbiy malaka darajasini aniqlashga xizmat qiladi;
tinglovchi - hududiy markaz direktori buyrug‘i bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga qabul qilingan pedagog xodim;
tyutor (pedagog o‘qituvchi-konsultant) - masofaviy malaka oshirish ta’lim jarayonida tegishli o‘quv moduli bo‘yicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yo‘naltiruvchi, metodik yordam ko‘rsatuvchi, o‘qish va bilish nazoratini amalga oshiruvchi subyekt;
yakuniy nazorat - yakuniy test sinovlari va bitiruv malakaviy (kursni tugatish) ishining himoyasi natijalari hamda pedagogning elektron portfoliosiga qo‘yilgan baholar yig‘indisi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II. BOB. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA PEDAGOG XODIMLARNI MALAKASINI OSHIRISH VA ATTESTATSIYADAN O'TKAZISH TARTIBI BO’YICHA USLUBIY ISHLAR
|