|
Guliston davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo’nalishi
|
bet | 2/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #230934 |
Bog'liq Bolalar nutqiOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. Unda ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qoʻllaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash boʻyicha farmoyish qabul qilindi. XXI asrda jahon miqyosida ta’lim barqaror taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omil sifatida e’tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta’lim konsepsiyasida “sifatli ta’lim olish va ijodiy qobiliyatni ragʻbatlantirish” dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu esa, maktabgacha ta’lim yoshidanoq bolalarni badiiy-estetik rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy an’analar vositasida etnobadiiy ta’limni keng rivojlantirishni taqozo etmoqda. Zamonaviy demokratik jamiyatda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qoʻyilayotgan talablar tarbiyachidan muntazam ravishda oʻzining umummadaniy va kasbiy tayyorgarligini boyitib borishni talab qiladi. Tarbiyachi shaxsiga qoʻyiladigan muhim talablardan biri shuki, tarbiyachi nutq madaniyatiga ega boʻlishi lozim. Nutq madaniyati – bu tarbiyachida boʻlishi shart va majburiy sifatlardan hisoblanadi. Bu tarbiyachidagi nutqiy koʻnikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu koʻnikma tarbiyachi faoliyatida takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim bеlgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi dеb e’tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, pedagoglarning nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutq koʻnikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini еtarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarb.
|
| |