|
Guliston davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo’nalishi
|
bet | 3/8 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #230934 |
Bog'liq Bolalar nutqiTarbiyachi nutq madaniyati – ijtimoiy madaniyatini, kishilik jamiyatining madaniyatini aks ettiruvchi bir koʻzgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli – yozma va ogʻzaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor birgina tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda oʻzlashtirish talab qilinadigan insoniy vazifalaridan biridir. Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bogʻliq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini tafakkurini ilmiy dunyo qarashini boyligini fikr va mushohada yuritishini belgiovchi meyordir. Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega boʻlishi uchun uning nutqi quyidagi xususiyatlarni oʻzida aks ettirishi kerak: ˗Nutqning toʻgʻriligi–nutqning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq toʻgʻri boʻlmasa boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron boʻladi. Agar tarbiyachining nutqi toʻgʻri boʻlsa, jumlalarni, soʻzlarni va har bir tovushni toʻgʻri talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli ózlashtira oladilar. ˗˗ Nutqning aniqligi - bu soʻzning oʻzi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma’nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan soʻz ma’nolarini bilish bilan bogʻliq boʻladi. Tarbiyachi nutqining aniq, oddiy bólishi, fikrlar izchillik bilan bir-biriga bogʻlanib, tushunarli ifodalanishi lozim. Bolalar tarbiyachidan, kattalardan tovush va soʻzlarni toʻgʻi talaffuz etishni oʻrganibgina qolmasdan, balki tinglagan ertak va hikoyalarining mazmunini aniq, qiziqarli tarzda qayta hikoya qila olishga, tevarak-atrofni kuzatish natijasida olgan taassurotlarini soʻzlab berishga, óz fikrlarini ketma-ketlik bilan bayon etishga, xulosalar qilishni ham oʻrganadilar. ˗˗ Nutqning ifodalilgi - yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil boʻlgan, har bir soʻz, ibora aniq maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqni tushunamiz Tarbiyachining kommunikativ mahorati.
|
| |